
JO‘RAYEV ULUG‘BEK BOXADIROVICH
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Zamonaviy islom tadqiqotlari bo‘limi bosh ilmiy xodimi
Jo‘rayev Ulug‘bek Boxadirovich 1986-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2010-yil Toshkent islom universiteti bakalavriatini, 2012-yil mazkur oliygohning Zamonaviy musulmon mamlakatlari huquqiy tizimi mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichini tamomlagan.
2012–2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi devoni Nazorat-axborot bo‘limi mas’ul xodimi, 2015–2016 yillarda Toshkent islom universiteti Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi Ekspeditsiya va taqriz bo‘limi katta ilmiy xodimi, 2016–2017 yillarda Toshkent islom universiteti Ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, 2017–2022 yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi lavozimlarida mehnat qilgan.
10 dan ziyod ilmiy maqola va risolalar muallifi hisoblanadi. Hozirgi kunda “Musulmon mamlakatlari huquqiy tizimida jazoni ijro etish mexanizmlarining o‘zgarish tendensiyalari” mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda.
Qo‘shimcha malumot



Izohlar