29.11.2022
235

XOLMO‘MINOV FERUZ ZARIF O‘G‘LI

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Zamonaviy islom tadqiqotlari bo‘limi yetakchi ilmiy xodimi

Xolmo‘minov Feruz Zarif o‘g‘li 1993-yil 2-mayda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2016-yil Toshkent islom universiteti bakalavriatini, 2018-yil Rossiya Federatsiyasi Tyumen davlat universitetining magistratura bosqichini tamomlagan. 

Mehnat faoliyatini 2018–2019-yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik fakulteti dekanati uslubchisi sifatida boshlagan. 2019–2022-yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Ilmiy tadqiqotlari va innovatsion loyihalar markazi Zamonaviy diniy muammolarni o‘rganish bo‘limi kichik ilmiy xodimi, 2020-yilda “al-Jomi’ as-sahih” to‘plami hadislarining zamonaviy talqinini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha kichik ilmiy xodimi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

20 ga yaqin ilmiy maqola va risolalar muallifi hisoblanadi. Hozirda Indoneziyada islom dinining tarqalishida samarqandlik olimlarning o‘rni mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 

Qo‘shimcha malumot

JO‘RAYEV ULUG‘BEK BOXADIROVICH
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Zamonaviy islom tadqiqotlari bo‘limi bosh ilmiy xodimiJo‘rayev Ulug‘bek Boxadirovich 1986-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2010-yil Toshkent...
ABDURAXMONOV IXTIYOR BAXTIYOROVICH
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Moturidiylik ta’limoti tadqiqotlari bo‘limi bosh ilmiy xodimiAbduraxmonov Ixtiyor Baxtiyorovich 1990 yil Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida...
G‘ULOMOV ZARIFJON O‘KTAMJON O‘G‘LI
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Nashrlar bo‘limi katta ilmiy xodimiG‘ulomov Zarifjon O‘ktamjon o‘g‘li 1995 yil Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan....

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry