
ABDURAXMONOV IXTIYOR BAXTIYOROVICH
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Moturidiylik ta’limoti tadqiqotlari bo‘limi bosh ilmiy xodimi
Abduraxmonov Ixtiyor Baxtiyorovich 1990 yil Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. U 2010 yil "Sayyid Muhyiddin maxdum" o‘rta maxsus islom bilim yurtini, 2014 yil Toshkent islom instituti bakalavriatini, 2016 yilda Toshkent islom universitetining magistraturasini tamomlagan.
Ixtiyor Abduraxmonov mehnat faoliyatini 2016 yil Toshkent islom universiteti Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi sifatida boshlab, 2018-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish axborot-tahlil markazi mutaxassisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
U 2020 yildan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Moturidiylik ta’limoti tadqiqotlari bo‘limi bosh ilmiy xodimi bo‘lib ishlab kelmoqda.
Abduraxmonov Ixtiyor 10 dan ziyod ilmiy ishlar muallifi hisoblanadi. U hozirda “Alouddin Samarqandiyning "Sharh at-Ta’vilot" asari tafsir ilmiga oid manba” mavzusi ustida ilmiy izlanish olib bormoqda.
Qo‘shimcha malumot



Izohlar