JO‘RАYEV SHUKRULLO RАHIMOVICH
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Zamonaviy islom tadqiqotlari bo‘lim boshlig‘i
Jo‘raev Shukrullo Rahimovich 1982-yil Аndijon viloyati Аsaka tumanida tugʼilgan. U 2005-yil Toshkent islom universitetining bakalavriatini, 2007-yil esa mazkur oliygohning magistraturasini tamomlagan va Musulmon mamlakatlari huquqiy tizimi mutaxassisligini qo‘lga kiritgan. Jo‘raev Shukrullo Rahimovichning 2022-yil – tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Muhammad Shayboniy asarlarida xalqaro munosabatlarni tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Jo‘raev Shukrullo 2005-2007 yillarda Toshkent iqtisodiyot kolleji o‘qituvchisi, 2007-2009 yillarda Toshkent islom universiteti Islom huquqi kafedrasi kabinet mudiri, 2009-2018 yillarda Toshkent islom universiteti Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi Shariat (Fiqh) bo‘limining katta ilmiy xodimi, Islom huquqi kafedrasi o‘qituvchisi, 2018-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish axborot-tahlil markazi bosh mutaxassisi lavozimlarida mehnat qilgan.
Jo‘raev Shukrullo 30 dan ziyod ilmiy ishlar muallifi hisoblanadi.
Izohlar