19.03.2021
488

TAJIYEV AZIZ SHAVKATOVICH

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktor o'rinbosari 

Tajiyev Aziz Shavkatovich 1983 yil 21 aprelda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 2006 yil Toshkent islom universitetining bakalavriati, 2008 yil esa ushbu oliygohning magistraturasini tamomlagan. Dinshunos mutaxassis.

Tajiyev Aziz Shavkatovich 2019 yilda tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Hadislarning diniy aqidaparastlikka qarshi mohiyati” mavzusidagi dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilgan.

U 2008-2010 yillarda Ohangaron shahar sanoat kasb-hunar kolleji ijtimoiy fanlar o‘qituvchisi, 2010-2011 yillarda Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti Sharq tillari va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi, 2011-2014 yillarda Navoiy davlat konchilik instituti Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, 2014-2017 yillarda “Jurabek Laboratories” o‘zbek-arab qo‘shma korxonasi ishlab chiqarish tahlilchisi, 2017-2019 yillarda O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. 

Tajiyev Aziz 30 dan ziyod ilmiy maqola va risolalar muallifi hisoblanadi.   

 

 

Qo‘shimcha malumot

KARIMOV JAMOLITDIN ABDULXAMIDOVICH
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Karimov Jamolitdin Abdulxamidovich 1985 yil Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan. U 2007 yil Toshkent...
ALLOQULOV ABDULLATIF ABDULLAYEVICH
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Moturidiylik ta’limoti tadqiqotlari bo‘limi boshlig‘i Alloqulov Abdullatif Abdullayevich 1982 yil Andijon viloyati, Paxtaobod tumanida tug‘ilgan....
JO‘RАYEV SHUKRULLO RАHIMOVICH
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Zamonaviy islom tadqiqotlari bo‘lim boshlig‘iJo‘raev Shukrullo Rahimovich 1982-yil Аndijon viloyati Аsaka tumanida tugʼilgan. U 2005-yil...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry