
KARIMOV JAMOLITDIN ABDULXAMIDOVICH
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori
Karimov Jamolitdin Abdulxamidovich 1985 yil Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan. U 2007 yil Toshkent islom universitetini, 2010 yil esa mazkur oliygohning magistratura bosqichini tamomlagan.
U 2008-2009 yillarda Misr Arab Respublikasida stajirovka o‘tagan.
Karimov Jamolitdin 2020 yilda tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiyani muvaffaqiyatli himoya qilgan.
U 2009-2014 yillarda Toshkent islom universiteti Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi, 2015-2017 yillarda Toshkent islom universiteti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi, 2018-2019 yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom fanlari kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2019-2020 yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy tadqiqotlar va innovasion loyihalar markazi direktori, 2020-2021 yillarda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Nashrlar bo‘limi boshlig‘i, Ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlarida mehnat qilgan.
Karimov Jamolitdin 40 dan ziyod kitob, o‘quv qo‘llanma, risola va ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi.
Qo‘shimcha malumot

3_large-middle.jpg)

Izohlar