29.03.2021
43

ALLOQULOV ABDULLATIF ABDULLAYEVICH

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Moturidiylik ta’limoti tadqiqotlari bo‘limi boshlig‘i

Alloqulov Abdullatif Abdullayevich 1982 yil Andijon viloyati, Paxtaobod tumanida tug‘ilgan. 2006 yil Toshkent islom universitetining bakalavriati, 2008 yil esa ushbu oliygohning magistraturasini tamomlagan. Islomshunos mutaxassis.

Alloqulov Abdullatif Abdullayevich 2018 yilda tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Abu Hafs Nasafiyning “Aqoid” asari va uning sharhlari tahlili” mavzusidagi dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Alloqulov Abdullatif 2008-2015 yillarda Toshkent islom universiteti Islomshunoslik kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2015-2017 yillarda Toshkent islom universiteti tayanch doktoranti, 2018-2019 yillarda Toshkent islom universiteti Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi Hadisshunoslik bo‘limi mudiri, 2019-2020 yillarda O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Ijtimoiy va mutaxassislik fanlari kafedrasi mudiri, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar markazi Islomshunoslik bo‘limi mudiri lavozimlarida mehnat qilgan.

2015 yilda Qozog‘iston, 2018 yilda Turkiya mamlakatlarida o‘tkazilgan xalqaro anjumanlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etgan. 

Hozirda Alloqulov Abdullatif O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan FZ-202002144 – “Moturidiya ta’limotiga oid aqidaviy matnlarning akademik tarjima va sharhlari hamda ularning elektron kutubxonasini yaratish” amaliy loyihasiga rahbarlik qilmoqda.

U 40 dan ziyod maqola, o‘quv-uslubiy qo‘llanma va risolalarning muallifi hisoblanadi.  

 

 

 

 

Qo‘shimcha malumot

JO’RAYEV SHUKRULLO RAHIMOVICH
JO’RAYEV SHUKRULLO RAHIMOVICHImom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Nashrlar bo‘limi boshlig‘iJo‘rayev Shukrullo Rahimovich 1982 yil Andijon viloyati Asaka tumanida tug‘ilgan. U...
TOHIROV JAHONGIR ABDUVOHID O’G’LI
Zamonaviy islom tadqiqotlari bo‘limi boshlig‘iTohirov Jahongir Abduvohid o‘g‘li 1982 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2003 yil Toshkent islom universitetining bakalavriati, 2006...
YUSUPOV ABDULHODIY ABDULLAYEVICH
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Tarjimalar bo‘limi boshlig‘iYusupov Abdulhodiy Abdullayevich 1954 yil Iroqning Bag‘dod shahrida tug‘ilgan.U mehnat faoliyatini 1971 yilda...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2023 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry