24.09.2021
448

HOFIZ KO’HAKIY

 

Movarounnahrlik taniqli muarrix, faqih va mufassir Kamoluddin Sulton Muhammad Hofiz Ko‘hakiy Farkandiy Toshqandiy 1490 yilda Toshkentda tug‘ilgan. Mavlono Ali Qushchining nabirasi hisoblanadi. Ushbu olim yoshligidan ilm talabida Misr, Iroq, Shom, Yaman, Hijoz, Afg‘oniston, Eron, Turkiya, Sharqiy Turkistonga safar qilgan. Bobur huzuriga elchi bo‘lib borgan. O’z yerining bir qismida madrasa tashkil etib, o‘zi ham unda dars bergan. 1572 yilda vafot etgan, Qaffol Shoshiy maqbarasi yaqinida dafn etilgan.

Bugungi kunda Hofiz ko‘hakiy ilmiy merosi o‘rganilmoqda. Toshkentning eski shahar qismida ushbu nom bilan ataluvchi jome masjid ham mavjud. Olim o‘z davrida bir qator ilmlardagi asarlari bilan mashhur bo‘lgan.

Olimning asarlari

Olimning o‘ndan ortiq asarlari mavjud bo‘lib, ular orasida «Risola fi fan tafsir vusul vfuru vmantiq vkalom», «Tarixi oli Chingiz», «Sharh odob munozara», «Tarixi Toshqand» kabilari mavjud.

Qur’on sharhiga oid «Hoshiya ala tafsir Bayzoviy» (Tafsir Bayzoviyning hoshiya-izohi) asari mavjud. Ushbu tafsir XIII asrda yashagan mashhur xurosonlik mufassir Qozi Bayzoviyning tafsiriga yozilgan sharh sanaladi. Qozi Bayzoviyning ushbu tafsiri islom olamida keng tarqalgan hamda diniy ta’lim muassasalarida tafsir fanidan darslik sifatida o‘qitilgan. Unda qur’on oyatlari latif iboralar bilan keng sharhlangan. 

Hofiz Ko‘hakiyning ushbu hoshiya-izoh tafsiri mukammal o‘rganilmagan asar sanaladi. Ushbu kitobning qo‘lyozma nusxasi O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti xazinasida saqlanadi. 

Olim qalamiga mansub yana bir nechta tafsir kitoblari ham mavjud. Jumladan, «Tafsir oyatil Kursiy» (oyatul kursiy tafsiri) asari ham saqlanmoqda. Ushbu tafsir kitobi Allohu la ilaha illa huva jumlasi bilan boshlanadi. 

Hofiz Ko‘hakiy Alloh so‘zini barcha hamdu sanolarga haqdor, vojibul vujud bo‘lgan Zotga nisbatan aytiladigan atoqli ism deydi. Aslida Iloh bo‘lgan hamza tushib qolib, o‘rniga alif va lom kelgan, keyin maxsus Zotga atoqli bo‘lib atalgan. Alif va lom an-najm (yulduz) va sa’aq (chaqmoq) so‘zlaridek alilohda ham so‘z bilan birga keladi hamda ajralmasdir. Aliloh aslida barcha ibodat qilinadigan ma’budlarga aytiladi, keyin ibodatga haqdor bo‘lgan Zotgagina qo‘llaniladigan bo‘lindi. La ilaha illa huvaning maqsadi ham manashu sanaladi.

Mufassir sharhining davomida savol­-javob uslubidan ham foydalanadi. Jumladan, shunday deydi: «Agar so‘ralsaki, Alloh so‘zi ibodatga munosib maxsus Zotga belgilangan bo‘lsa, unda «U osmonu yerlarda Allohdir» jumlasining ma’nosi «Alloh Allohdir» degani bilan bir xil bo‘lib qoladi hamda Qul huvallohu ahad esa (Ayting U Alloh yagonadir) tavhid ma’nosini bermay qo‘yadi». Biz javob beramiz: «U Zot ma’budi barhaq sifati bilan mashhur bo‘lgan edi, ibodatga munosiblik sifati (eganing) xabari sifatida keladi va shu bilan e’tiroz o‘z yechimini topadi. Ikkinchisi masalasida (Qul huvallohu ahad) esa, maqsad «U ilohlik sifatida yagona va yolg‘iz Allohdir» deb aytish bilan mulohazalarga javob topiladi. Oyatal kursiydagi La so‘zi ilohlik jinsini, ya’ni ilohlikka munosiblar yo‘qligini inkor qilmoqda. Shu tarzda arab tili qoidalari va mantiqiy misollar asosida Alloh so‘zining ma’nosi va kelib chiqishini ochib beradi. 

Mazkur oyatga berilgan sharhlardan bevosita, Hofiz Ko‘hakiyning nahv, mantiq ilmlari bo‘yicha chuqur qarashlarga egaligini, oyatlarni sharhlashda o‘ziga xos uslubni tanlaganini anglab olish mumkin. Nahviy tahlillarida turli nahviy qabila va maktab qarashlarini bayon etadi. Jumladan, Banu Tamim qabilasining la kalimasi borasidagi fikrlarini beradi. Chunki ushbu qabila la kalimasini na aslan va na taqdiran bor deb hisoblamas ekanlar. Davomida esa, mantiqiy, falsafiy tasavvufiy misollarga chuqur kirishib ketadi, uzundan uzoq savol-javob uslubini qo‘llaydi. Tavhid borasida xulosai kalom sifatida «Tavhidda ikki masala bor. Birinchisi, boshqa ilohning yo‘qligi va ikkinchisi, Alloh subhanahu va taoloning fe’lan borligi»ni keltiradi.

Bundan muallifning falsafiy va mantiqiy ilmlarda chuqur mulohaza yuritishi, o‘sha davrda bunday masalalar keng bahs qilingani kelib chiqadi. Tafsir oxirida 1044 yilda yozilgani to‘g‘risida belgi qo‘yilgan. 

Qo‘shimcha malumot

ABUL BARAKOT NASAFIY
Abul Barakot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud Nasafiy o‘z davrida tafsir, aqida, fiqh va usul fiqh ilmlarining yetuk peshvosi sifatida...
YA’QUB CHARXIY
Ya’qub ibn Usmon ibn Muhammad Charxiy tasavvufning atoqli shayxlaridan, Bahouddin Naqshbandning to‘rtinchi xalifasi, Xoja Ahror Valiyning ustozi bo‘lgan. Milodiy 1363...
ALOUDDIN SAMARQANDIY
Islom dini Movarounnahrga kirib kela boshlagan davrdan boshlab turli diniy ta’limotlar, kalom maktablari o‘lkamizda tarqala boshladi. Ular orasida Abu Hanifa...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry