25.09.2021
841

ABUL LAYS SAMARQANDIY

Samarqandlik mufassir Imom Hudo Abul Lays Nasr ibn Muhammad ibn Ibrohim (vaf. 375/985). Olimning «Tafsir Samarqandiy» nomi bilan mashhur bo‘lgan «Bahr ulum» («Ilmlar dengizi») nomli asari hanafiy mazhabidagi naqlga asoslangan tafsirlar orasida yuqori baholanadi. 

Abu Lays yoshligidan ilmga o‘ta chanqoq bo‘lib o‘sadi. Fiqh, hadis, tafsir, turli tillar, tarix, buyuk zotlar siyratlari, odob axloq, zuhd ilmlarini puxta egallaydi va bunday ilmlarga oid kitoblar yozadi.

Abu Lays o‘z davrida “faqih”, ya’ni islom huquqi ilmining bilimdoni nomi bilan shuhrat topgan. Rivoyatlarga qaraganda, Abu Laysning o‘zi ham “faqih” deb deb atalishini yaxshi ko‘rar ekan. Bir kuni Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) tushlariga kirib, “faqih” deb chaqirgan ekanlar.

Abu Lays aytadi: “Samarqandda 40 yil fatvo berdim. Ushbu davr ichida oldingi olimlarning gaplarigagina tayandim. Mening kitobimdan qiyomat kuni g‘iybat chiqmaydi. O’ng qo‘limni chap qo‘limdan ajratgan paytimdan buyon yolg‘on gapirmadim, hech kimga qushning boshini suvga solib ko‘targanda qoladigan skvchalik yomonlik qilmadim”.

Darhaqiqat, Abu Lays taqvodor, buyuk olim, fozil bo‘lib, yuz ming hadisni yoddan bilgan. 

Olimning ustozlari va asarlari

Manbalarda uning 24 nafar ustozlari sanab o‘tiladi. Ular orasida mashhur Abu Ja’far Hinduvoniy, Muhammadn ibn Fazl Balxiy, Luqmon ibn Hakim kabilar bor edi.

Olim qalamiga mansub 42 ta kitob borligi sanab o‘tiladi. Ularni mazmun-mohiyatiga ko‘ra, quyidagi 4 ta asosiy yo‘nalishga bo‘lish mumkin: 

Birinchi, ilmiy bo‘lib, u o‘zi o‘rgangan ilmlarni boshqalarga yetkazish maqsadida ularni naql etgan. 

Ikkinchi, imon, toat, axloq-odobga chaqiruvchi kitoblar. 

Uchinchi, firqa va oqimlar haqida ma’lumot beruvchi va ularga raddiyalar keltirilgan asarlar. 

To‘rtinchi, oldingi o‘tgan mujtahid olimlarning fiqhiy hukmlarini jamlashi va o‘z fiqhiy  qarashlarini bayon etilgan kitoblar. 

Allomaning fiqh ilmiga oid «an-Navozil» («Nozil bo‘lganlar»), «Xizona fiqh» («Fiqh xazinasi»), odob axloqqa doir «Tanbih g‘ofilin» («G’ofillarga tanbeh»), «Buston orifin» («Oriflar bo‘stoni») kabi asarlari ham o‘z davrida mashhur bo‘lgan. 

“Tafsir Samarqandiy” asari

Alloma yashagan davr sahih bilan sahih bo‘lmagan rivoyatlar bir-biri bilan aralashgan, aqidaviy va fiqhiy bahslar kuchayib, turli firqalar ko‘paygan, naqliy tafsirlar o‘rnini aqliylari egallagan paytga to‘g‘ri kelgan edi. Shunga qaramay, u o‘z asarida oyatlarni oyatlar, hadislar, sahobalar va tobiinlar so‘zlari bilan sharhlaydi, mo‘‘tabar manbalarga e’timod qiladi hamda turli firqalarga raddiyalar beradi. Bunga, albatta, allomaning ilmiy salohiyati, uning Qur’on va boshqa naqliy ilmlarni mukammal bilgani omil bo‘lgan. U tafsirda turli qiroatlar, oyatlarni nozil bo‘lish sabablari, nosix va mansux, arab tili qoidalariga taalluqli ilmlarga ham e’tibor qaratgan. 

Abul Laysning mazkur tafsirida ko‘plab rivoyatlar keltirilishi, moturidiylik qarashlariga asoslangani, suralarning fazilatlari haqidagi hadislar va ayrim ahli kitoblar rivoyatlaridan foydalangan.

Tafsirda jumladan shunday misollarni ko‘rish mumkin. Niso surasi 48-oyatida shunday deyiladi: “Albatta, Alloh O’ziga shirk keltirish (gunohi)ni kechirmaydi va (lekin) ana shundan boshqa (gunohlar)ni O’zi xohlagan bandalaridan kechirur”. 

Ushbu oyat tafsirida Abu Lays Samarqandiy aytadi: “Ushbu oyat banda gunohi kabir bilan vafot etsa, do‘zaxtda abadiy qoladi deydiganlarning gaplarini rad etadi. Chunki “O’zi xohlagan bandalaridan kechiradi” oyati mazmuniga gunohi kabira qilganlar ham kiradi”.

Nur surasining 31-oyatida: “Barchangiz Allohga tavba qilingiz, ey mo‘minlar”, deyiladi. Abu Lays otyani sharhlab shunday deydi: “Ushbu oyat gunoh bilan banda imondan chiqmaslikka dalildir. Chunki Alloh tavbaga buyurmoqda. Tavba esa, faqat gunoh qilganlarga nisbatan bo‘ladi. Bu yerda gunohlar katta va kichikka ajratilmayabdi, aksincha barchani ey mo‘minlar deb, tavbaga chorlanmoqda. Parvardigor ularni gunoh qilganlaridan keyin ham mo‘minlar demoqda”.

Yuqoridagi mazmun davomida Hujurot surasi 7-oyatida aytiladi: “...Alloh sizlarga imonni suyukli qildi va uni dillaringizga ziynat qildi hamda sizlarga kufrni, fisqu fujurni va itoatsizlikni yomon ko‘rsatib qo‘ydi. Ana o‘shalargina to‘g‘ri yo‘l topuvchilardir”. 

Mazkur oyat tafsirida Samarqandiy shunday deydi: “Oyatda mo‘min kishining fisqu fujur, gunohni yomon ko‘rishiga dalil bor. Chunki Alloh sizlarga kufrni, fisqu fujurni va itoatsizlikni yomon ko‘rsatib qo‘ydi dedi. Mo‘min kishi gunoh qilsa, uni yaxshi ko‘rganidan emas, balki shahvati va g‘aflati sababli qilib qo‘yadi.

Qo‘shimcha malumot

ABUL BARAKOT NASAFIY
Abul Barakot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud Nasafiy o‘z davrida tafsir, aqida, fiqh va usul fiqh ilmlarining yetuk peshvosi sifatida...
YA’QUB CHARXIY
Ya’qub ibn Usmon ibn Muhammad Charxiy tasavvufning atoqli shayxlaridan, Bahouddin Naqshbandning to‘rtinchi xalifasi, Xoja Ahror Valiyning ustozi bo‘lgan. Milodiy 1363...
ALOUDDIN SAMARQANDIY
Islom dini Movarounnahrga kirib kela boshlagan davrdan boshlab turli diniy ta’limotlar, kalom maktablari o‘lkamizda tarqala boshladi. Ular orasida Abu Hanifa...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry