06.02.2023
231

IQLISHIYNING “AN-NAJM MIN KALAM SAYYIDI-L-ARAB VA-L-AJAM” ASARI TASNIFI

“Iqlishiy” nisbasi bilan mashhur bo‘lgan Abu Abbos Ahmad ibn Ma’d ibn Iso ibn Vakilning 
“an-Najm min kalam sayyidi-l-arab va-l-ajam”nomli asari bo‘lib, asar qisqa qilinib “an-Najm” deb ataladi. Bu asarning qo‘lyozma nusxasi Qohiradagi Taymuriyya kutubxonasida saqlanmoqda. Shuningdek, uning hijriy 1303-yilda (kotibi ham ma’lum emas) tabdil qilingan nashri mavjud bo‘lib, hozirda Misrda saqlanmoqda. Asar o‘n bobdan tashkil topgan. “an-Najm” hadislar to‘plami shu qadar muxtasar qilinganki, unda hadislarning roviylari ham tushirib qoldirilgan bo‘lib, asar hadisning asosiy matni bilan boshlangan. Asarda hadislar bir-biridan ko‘p qirrali yulduzchalar bilan ajratilgan. Hadislar yodlash hamda istefoda qilish qulay bo‘lishi uchun hajman qisqa shakldagi hadislar tanlab olingan.  Boblardagi hadislarning aksariyati ma’lum bir so‘z bilan boshlangan. Quyida Iqlishiyning “an-Najm” asari boblari hamda unda jamlangan hadislarning tartiblanishidagi uslubi tahlil qilinadi.

Birinchi bobda “مَنْ” (“man”, ocbekchasi “kim”) kalimasi bilan boshlangan 147 ta hadis o‘rin olgan. Bob quyidagi hadis bilan boshlangan:

مَنْمَاتَ وَهُوَ يَعْلَمُ أَنْ لَا إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ دَخَلَ الْجَنَّةَ‏

“Kimda-kim Allohdan o‘zga iloh yo‘qligini bilib vafot etsa, jannatga kiradi”.

Ushbu hadis Imom Ahmadning “Musnad”ida ham rivoyat qilingan bo‘lib, sahih hadis hisoblanadi. Iqlishiyning “An-najm” hadislar to‘plami ushbu hadis bilan boshlangan.

Ikkinchi bobdan 152 hadis o‘rin olgan bo‘lib, u besh fasldan iboratdir. Ammo asarda raqamlar, “birinchi fasl” yoki “ikkinchi fasl”, degan bir raqam yo‘q. Asarda keltirilgan boblardagi fasllar faqat “fasl” deb belgilangan. Boblar tahlilida raqamlarning berilishi shartli bo‘lib, u bilan fasllar ketma-ketligini tushunish yanada oson bo‘ladi. Birinchi fasl “إنَّ” kalimasi bilan boshlangan:

إِنَّالْإِسْلَامَ يَزِيدُ وَلَا يَنْقُصُ

“Islom ko‘payadi va kamaymaydi”

Ikkinchi fasldan “إنِّي” so‘zi bilan boshlangan hadislar o‘rin olgan. Misol uchun:

إِنِّيلَأَنْسَى أَوْ أُنَسَّى لِأَسُنَّ

“Men unutmayman, lekin unittirilaman”:

Yuqoridagi hadis Anas ibn Molikning “Muvatto” hadislar to‘plamida rivoyat qilingan.

Uchinchi faslni “إنَّهُ” so‘zi bilan boshlangan hadislar tashkil etadi:

إِنَّهُلَيْسَ شَيْءٌ بَيْنَ السَّمَاءِ وَالْأَرْضِ إِلَّا يَعْلَمُ أَنِّي رَسُولُ اللَّهِ إِلَّا عَاصِيَ الْجِنِّ وَالْإِنْسِ

“Osmon bilan yer o‘rtasida meni Allohning elchisi ekanligimni bilmaydigan osiy jin va insdan boshqa hech narsa yo‘q”.

Yuqoridagi hadis Ahmad ibn Hanbalning “Musnad”ida rivoyat qilingan.

To‘rtinchi fasl “إنَّما” so‘zi bilan boshlangan hadislardan iboratdir. Misol uchun:

إِنَّمَاأَنَا بَشَرٌ أَنْسَى كَمَا تَنْسَوْنَ، فَإِذَا نَسِيتُ فَذَكِّرُونِي

“Albatta men basharman, siz unutganingizdek men ham unutaman, agar unutsam, menga eslating”.

Ushbu hadis Imom Muslimning “Sahih”ida va Abu Dovudning “Sunan”ida rivoyat qlingan. Ammo bu hadis yuqoridagi hadisning rivoyatidan ko‘ra to‘liqroq matnda kelgan:

إِنَّهُ لَوْ حَدَثَ فِي الصَّلَاةِ شَيْءٌ أَنْبَأْتُكُمْ بِهِ، وَلَكِنْ إِنَّمَا أَنَا بَشَرٌ أَنْسَى كَمَا تَنْسَوْنَ، فَإِذَا نَسِيتُ 
فَذَكِّرُونِي وَإِذَا شَكَّ أَحَدُكُمْ فِي صَلَاتِهِ فَلْيَتَحَرَّ الصَّوَابَ، فَلْيُتِمَّ عَلَيْهِ، ثُمَّ لِيَسْجُدْ سَجْدَتَيْنِ

“Agar namozda biror narsa yuz bergan bo‘lsa, men buni sizga xabar qilgan bo‘lardim, lekin men bir insonman va siz unutganingiz kabi men ham unutaman, va agar unutsam, menga eslatinglar. Agar sizlardan biringiz namozida shak-shubhada bo‘lsa, o‘zi to‘g’ri deb bilgan narsasiga amal qilsin va bu borada namozini to‘liq o‘qisin, keyin ikki sajda qilsin”.

Bundan ma’lum bo‘ladiki, hadislarning matni ba’zi o‘rinlarda qisqartirilib rivoyat qilingan.

Beshinchi fasldan “ “إنَّكُمْso‘zi bilan boshlanadigan hadislar o‘rin olgan:

إِنَّكُمْ مُلاَقُوا اللَّهِ مُشَاةً حُفَاةً عُرَاةً غُرْلاً

“Albatta siz Alloh taologa yalang oyoq, yalang’och xatna qilinmagan holda yo‘liqasiz”.

Uchinchi bob “لا” kalimasi bilan boshlangan 132 hadisdan tashkil topgan:

لَا يَقْبَلُ اللَّهُ صَلَاةً بِغَيْرِ طُهُورٍ، وَلَا صَدَقَةً مِنْ غُلُولٍ

“Alloh taolo pokliksiz namozni, xiyonatdan bo‘lgan sadaqani qabul qilmaydi”.

Ushbu hadis Ibn Mojaning “Sunan”ida rivoyat qilingan. Uchinchi bob o‘n bitta bir xil “لا تَقُومُ السًّاعَةُ”, ya’ni “qiyomat qoim bo‘lmaydi” birikmasi bilan boshlanuvchi hadislar bilan yakunlangan. Misol uchun:

لاَ تَقُومُ السَّاعَةُ حَتَّى يَكْثُرَ الْمَالُ وَيَفِيضَ حَتَّى يَخْرُجَ الرَّجُلُ بِزَكَاةِ مَالِهِ فَلاَ يَجِدُ أَحَدًا يَقْبَلُهَا مِنْهُ وَحَتَّى تَعُودَ أَرْضُ الْعَرَبِ مُرُوجًا وَأَنْهَارًا

“Mol-dunyosi ko‘payib hatto kishi zakoti bilan chiqib, uni oladigan hech kimni topolmagunicha va arab diyori o‘tloqzor-u daryolarga qaytmagunicha qiyomat qoim bo‘lmas”.

To‘rtinchi bob “إذَا” kalimasi bilan boshlanadigan hadislar o‘rin olgan. Misol uchun:

إِذَا أَرَادَ أَحَدُكُمْ أَنْ يَأْتِيَ الْجُمُعَةَ فَلْيَغْتَسِلْ

“Sizlardan biringiz Jum’aga borishni xohlasa, g’usul qilsin”.

Ushbu hadis Imom Muslimning “Sahih”ida ham rivoyat qilingan.

Beshinchi bobda “ما” va “يا” kalimalari bilan boshlangan hadislar to‘plangan. Bob ikki fasldan iborat bo‘lib, biribchi fasl “ما” so‘zidan boshlangan 27 ta hadisdan tashkil topgan. Misol uchun:

مَا مِنْ أَحَدٍ يُسَلِّمُ عَلَيَّ إِلَّا رَدَّ اللَّهُ عَلَيَّ رُوحِي أَرُدَّ عَلَيْهِ السَّلَامَ

“Sizdan biringiz menga salovot aytsa, Alloh uni unga (salovot aytuvchiga) javob qaytarishim uchun ruhimga yetkazadi”.

Huddi shu hadis Imom Abu Dovudning “Sunan”ida حَتَّى (gacha) so‘zi ziyoda holda rivoyat qilingan:

مَا مِنْ أَحَدٍ يُسَلِّمُ عَلَيَّ إِلَّا رَدَّ اللَّهُ عَلَيَّ رُوحِي حَتَّى أَرُدَّ عَلَيْهِ السَّلَامَ

Demak, ba’zi hadislarda so‘zlarning tushib qolishi, ya’ni hadislarning to‘liq matnini o‘zgartirgan holda ko‘chirilgan kuzatiladi. Ammo asarda hadislarning roviylari keltirilmasdan faqat asosiy matn ko‘chirilganidan hadisning haqiqiy varyantini aniqlash mushkldir.

Ikkinchi fasl “يا” so‘zi bilan boshlangan 24 ta hadisdan iborat. Misol uchun:

يَا أَيُّهَا النَّاسُ، خُذُوا مَنَاسِكَكُمْ، فَإِنِّي لَا أَدْرِي لَعَلِّي لَا أَحُجُّ بَعْدَ عَامِي

“Ey insonlar haj amallaringizni ado qilinglar, men bu yildan song haj qila olishim mumkinligini bilmiyman”.

Ushbu hadis ham asarda (بَعْدَ عَامِي) kalimalari bilan tamomlangan. Ammo mashhur muhaddis Nasoiyning “Sunan”ida “هَذَا” kalimasi bilan, ya’ni bitta so‘z ziyodasi bilan tamomlangan:

يَا أَيُّهَا النَّاسُ، خُذُوا مَنَاسِكَكُمْ، فَإِنِّي لَا أَدْرِي لَعَلِّي لَا أَحُجُّ بَعْدَ عَامِي هَذَا

Oltinchi bob o‘n to‘rtta fasldan iborat. Birinchi fasl “لَيْسَ” o‘zbekchaga “emas”, “yo‘q” deb tarjima qilinadigan so‘z bilan boshlangan. Misol uchun:

لَيْسَ عَلَى مُسَافِرٍ جُمُعَةٌ

“Musofirga jum’a farz emas”.

Ikkinchi fasl “نِعْمَ” “ne’ma” so‘zi bilan boshlanadigan hadislardan iborat.

نِعْمَ الرَّجُلُ أَبُو بَكْرٍ

“Abu Bakr qanday ham yaxshi kishi”.

Asarda berilgan hadis matni juda qisqa bo‘lib hadisning to‘liq matnini Imom Ahmad rivoyat qilgan hadisdan bilinadi:

نِعْمَ الرَّجُلُ أَبُو بَكْرٍ نِعْمَ الرَّجُلُ عُمَرُ نِعْمَ الرَّجُلُ أَبُو عُبَيْدَةَ بْنُ الْجَرَّاحِ نِعْمَ الرَّجُلُ أُسَيْدُ بْنُ حُضَيْرٍ 
نِعْمَ الرَّجُلُ ثَابِتُ بْنُ قَيْسِ بْنِ شَمَّاسٍ نِعْمَ الرَّجُلُ مُعَاذُ بْنُ جَبَلٍ نِعْمَ الرَّجُلُ مُعَاذُ بْنُ عَمْرِو بْنِ الْجَمُوحِ

Ammo asarda hadisning shu shakli ham bor, faqat uni Iqlishiy alohida-alohida hadis qilib, bo‘lib chiqqan:

نِعْمَ الرَّجُلُ أَبُو بَكْرٍ* نِعْمَ الرَّجُلُ عُمَرُ* نِعْمَ الرَّجُلُ أَبُو عُبَيْدَةَ بْنُ الْجَرَّاحِ* نِعْمَ الرَّجُلُ أُسَيْدُ بْنُ حُضَيْرٍ* 
نِعْمَ الرَّجُلُ ثَابِتُ بْنُ قَيْسِ بْنِ شَمَّاسٍ* نِعْمَ الرَّجُلُ مُعَاذُ بْنُ جَبَلٍ* نِعْمَ الرَّجُلُ مُعَاذُ بْنُ عَمْرِو بْنِ الْجَمُوحِ*

Bundan ma’lum bo‘ladiki, Iqlishiy o‘zining “an-Najm” hadislar to‘plamida ba’zi bir xil so‘z bilan boshlangan “نِعْمَ” kabi hadislarni alohida hadis deb rivoyat qilgan.

Uchinchi fasl “بِئْسَ” kalimasi bilan boshlangan o‘n ikkita hadisdan iborat. Misol uchun:

بِئْسَ الْعَبْدُ عَبْدٌ تَخَيَّلَ وَاخْتَالَ وَنَسِيَ الْكَبِيرَ الْمُتَعَالِ

“Buyuk va oliy zotni unutib o‘zini katta tutadigan banda qanday ham yomon bandadir”.

To‘rtinchi fasl “لعن الله”, beshinchi fasl “صلاة”, oltinchi fasl “لو”, ettinchi fasl “خَيْرُ”, sakkizinchi fasl “أفْضَلُ”, to‘qqizinchi fasl “كُلُّ”, o‘ninchi fasl”ألا” o‘n birinchi fasl “مِنْ”, o‘n ikkinchi fasl “إنْ”, o‘n uchinchi fasl “لَأَنْ”, o‘n to‘rtinchi fasl “ثَلاثُ”, o‘n beshinchi fasl “أرْبَعُ”, o‘n oltinchi fasl “أهْلُ”, bobning oxirgi o‘n yettinchi fasli “رُؤْيَا”, so‘zlari bilan boshlangan hadislardan jamlangan.

Yetiinchi bob to‘rt fasldan iborat. Bobning qolgan boblardan farqli jihati shundaki, unda bir xil so‘z bilan emas, balki turli xil so‘zlar bilan boshlangan ja’mi 237 ta hadis jamlangan. Misol uchun:

الْإِسْلَامُ عَلَانِيَةٌ، وَالْإِيمَانُ فِي الْقَلْبِ

“Islom oshkoralikdir, iymon qalbdadir”.

Sakkizinchi bob fe’l so‘z turkumining buyruq mayli shaklidagi so‘zlar bilan boshlangan 65 ta hadisdan iborat. Misol uchun:

صَلُّوا عَلَيَّ، وَاجْتَهِدُوا فِي الدُّعَاءِ، وَقُولُوا : اللَّهُمَّ صَلِّ عَلَى مُحَمَّدٍ وَعَلَى آلِ مُحَمَّدٍ

Yuqoridagi hadis Nasoiyning “Sunan”ida rivoyat qilingan sahih hadisdir. Hadis “صَلُّوا” so‘zi bilan boshlangan. Bu so‘z grammatik tahlil qilinganda fe’lning buyruq maylidagi shakli ekanligi ma’lum bo‘ladi.

To‘qqizinchi bob Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan robbisi Azza va jalla haqida solih bandalari uchun ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan, bashar qalbi his qilmagan xabarlar (hadis ma’nosida) rivoyat qilinadi. Bob 19 ta hadisdan iborat:

أَيْنَ الْمُتَحَابُّونَ بجَلَالِي؟ الْيَوْمَ أُظِلُّهُمْ فِي ظِلِّي يَوْمَ لَا ظِلَّ إِلَّا ظِلِّي

“Mening ulug’vorligim yo‘lida bir-birlarini sevadiganlar qani? Bugun Men ularga O‘z soyamda soya berurman. Bu kun Mening soyamdan o‘zga soya yo‘q kundir”.

Imom Buxoriy, Imom Molik, Imom Muslim bu hadisni o‘zlarining sahih to‘plamlarida rivoyat qilgan. 

O‘ninchi bob Iqlishiyning “an-Najm” hadislar kitobining so‘ngi bobidir. Bu bob to‘laligicha duolar haqidagi hadislarga bag’ishlangan. Bobda 39 ta hadis mavjud. Misol uchun:

اللّهُـمَّ اغْفِـرْ لي ذَنْـبي كُلَّـهُ ، دِقَّـهُ وَجِلَّـهُ ، وَأَوَّلَـهُ وَآخِـرَهُ ، وَعَلانِيَّتَـهُ وَسِـرَّهُ

“Allohim, barcha gunohlarimni: kattayu kichigini, avvaliyu oxirini oshkorayu maxfiyini mag’firat qil!”.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, asar hajman ixcham,o‘rganish uchun qulay hadis to‘plamidir. Undagi sahih, zaif hadislar ma’nosiga qarab emas, balki aralash lug’aviy tartibda kelgan. Ushbu asarni tahqiq qilgqan holda to‘libi ilmga taqdim qilish mumkin.

Sa’dulla Boboxodjayev,

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

tayanch doktoranti,

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi

 manbashunoslik bo‘limi ilmiy xodimi 

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar

Imom at-Termiziy. Jome’ at-Termiziy. –Bayrut. 2007.

Abu Dovud. Sunan. –Bayrut. 1996.

A.Iqlishiy. Najm fi kalam sayyidi-l-arab va-l-ajam. –Qohira. 1022.

Imom Muslim. Sahih. –Bayrut. 1991.

Nasoiy. Sunan. –Damashq. 2014.

 

Qo‘shimcha malumot

BUYUK HIDOYAT IMOMI ABU MANSUR MOTURUDIY
Keyingi yillarda yurtimizda barcha sohalar qatori diniy-maʼrifiy sohada ham katta oʻzgarishlar va islohotlar boʻlyapti. Buni biz soʻnggi besh yil ichida...
ADIB AHMAD YUGNAKIYNING “HIBATU-L-HAQOYIQ” ASARIDA MA’RIFIY QARASHLAR
Jamiyat a’zolarining maqsadlarini ularning intilishlari, ehtiyojlari, bajarayotgan vazifalari va ijti­moiy qadriyatlar belgilab beradi. Bu qadriyatlarning shakllanishi oiladan boshlab, ta’lim va...
VIII/XIV–XII/XVIII ASRLARDA “AL-KUTUB AS-SITTA” TO‘PLAMINING JAMLANISHI
Islom dinida Qur’oni karimdan keyin turuvchi ikkinchi ishonchli manba hadisi shariflar hisoblanadi. Hijriy uchinchi asrda hadis sohasiga oid ishonchli kitoblar...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry