15.02.2023
339

BUYUK HIDOYAT IMOMI ABU MANSUR MOTURUDIY

Keyingi yillarda yurtimizda barcha sohalar qatori diniy-maʼrifiy sohada ham katta oʻzgarishlar va islohotlar boʻlyapti. Buni biz soʻnggi besh yil ichida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan tashkil etilgan ilm-maʼrifat maskanlari misolida yaqqol koʻrishimiz mumkin. Ular qatoriga Imom Buxoriy va Imom Termiziy ilmiy-tadqiqot markazlari, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi va Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazlarini kiritishimiz mumkin.

Bugun ham ana shu ezgu ishlar davom etmoqda. 2020-yil 11-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Qarorda Buyuk mutafakkir ajdodimiz, moturidiylik ta’limoti asoschisi Imom Abu Mansur Moturidiy va uning izdoshlari merosini chuqur o‘rganish, ularning aqida va kalom ilmi rivojiga qo‘shgan bebaho hissasini tadqiq etish va keng targ‘ib qilish, milliy-diniy qadriyatlarimiz­ni asrab-avaylash va rivojlantirish, shu asosda yosh avlodni ezgu umuminsoniy g‘oyalar ruhida tarbiyalash, ularda ma’naviy va ma’rifiy qarashlarimizga yot bo‘lgan zararli ta’sirlarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish masalalariga alohida etibor qaratilgan. 

Abu Mansur Moturidiy sunniylik e’tiqodidagi ikki yirik ta’limotlardan biri bo‘lmish moturidiya ta’limotining asoschilaridan hisoblanadi. Uning to‘liq ismi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud Hanafiy Moturidiy Samarqandiydir. Buyuk kalom imomi va fiqh olimi asli Samarqandning Moturid qishlog‘idan bo‘lib, uning taxallusi shu qishloqqa nisbatan olingandir. Abu Mansur Moturidiy dastlabki ta’limni shu qishloqda olib, keyinchalik Movarounnahrning o‘sha davrdagi diniy va ma’rifiy markazi bo‘lgan Samarqandda davom ettiradi.

Abu Mansur Moturidiy milodiy 870-yilda tug‘ilgan, 945-yilda Samarqandda vafot etgan va shahar chekkasidagi Chokardiza qabristonga dafn etilgan.

Ba’zi manbalarda uning Samarqanddagi “Iyoziy” madrasasida ta’lim olgani qayd etilgan. Moturidiy Abu Bakr Ahmad Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad Iyoziy, Imom A’zam mazhabidagi buyuk olim Nasr ibn Yahyo Balxiy, Muhammad ibn Fazl kabilarni o‘zining ustozi deb bilgan.

Moturidiy fiqh va kalom masalalari bilan qiziqib, hanafiy mazhabi olimlaridan dars olib, o‘z bilimini oshiradi. Shu vaqt davomida ko‘plab mashhur faqihlar va muhaddislar bilan muloqotda bo‘lgan va munozaralar qilgan. Butun umri davomida quyidagi asarlarni yozib qoldirgan:

“Kitoab at-tavhid” (Allohni yagona deb bilish haqidagi kitob), “Kitob al-maqomat”, “Ka’biy zalolatlarining boshlanishini rad qilishga bag‘ishlangan kitob”, “Mu’tazila g‘avg‘olari va undan qo‘rqmaslik haqidagi kitob bayoni”, “Qur’on ta’vili kitobi”.

Abu Mansur Moturidiyning “Shariat asoslari”, “Kitob al-jadal”, “Dialektika haqida kitob” kabi asarlari ham bo‘lgan. Bulardan tashqari Moturidiyning islom huquqshunosligiga oid “Usul kitobi” asari borligi ham ma’lum.

Moturidiyning eng mashhur asarlaridan biri “Ta’vilot ahli sunna” yoki boshqa bir nomi “Ta’vilot al-Qur’on” deb nomlanadi. Moturidiy bu asarda sunniy aqidaga (ta’vilda) zid qarashlarni rad qilishga harakat qiladi va Imom Abu Hanifaning qarashlariga suyangan holda ish ko‘radi. Bu asar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanadi.

Moturidiyning mazkur asari tarix jarayonida ko‘p allomalarning asarlariga asos bo‘lgan, ular ijodiga turtki bergan.

Shulardan biri Alouddin Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Samarqandiyning sharhidir. U “Sharh ta’vilot ahli as-sunna” deb nomlangan.

Shu bilan birga, Moturidiy nomi ostida yozilgan bir necha soxta asarlar ham ma’lumdir. Masalan: “Favoid” (qoidalar), boshqa nomi “Pandnoma”, “Kitob al-usul”, “Sharh al-Fiqh al-akbar” asarlari shular jumlasidandir. Bu Moturidiyning diniy ilmlar namoyandalari orasida qanchalik mashhur bo‘lganidan dalolat beradi. Moturidiy ko‘p shogirdlar yetishtirdi, ular orasida islom olamiga mashhur allomalar Abul Hasan Rustug‘faniy, Ishoq ibn Muhammad Samarqandiy va Abdul Karim Pazdaviy, Abu Ahmad Iyoziy kabi olimlar bor edi. Shogirdlari o‘z ustozlarining ta’limotini davom ettirishgani natijasida moturidiya ta’limoti vujudga kelgan.

Abu Mansur Moturidiy umri davomida faqihlar, muhaddislar bilan muloqotda bo‘lgan va munozaralar olib borgan. U islom dinining hanafiy mazhabini Movarounnahrda tarqatish va o‘zidan keyingi avlodlarga qusursiz yetkazish ishiga muhim hissa qo‘shdi.

Moturidiy o‘z davrining islomiy ilmlari sohasida eng yetuk bilim sohibi hisoblanib, musulmon dunyosi olimlari tomonidan tan olingan va hozirda ham turli diniy asarlarda zo‘r ehtirom bilan tilga olinadi.

Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarning yangi bosqichi sifatida ulugʻ alloma ajdodlarimizning ibratli hayoti va boy ilmi merosini chuqur tadqiq etish, xalqimiz, xususan, yoshlarimizni ezgu umuminsoniy gʻoyalar, muqaddas dinimizning ilm-maʼrifat, halol-poklik, yuksak axloq va ezgulik taʼlimoti asosida tarbiyalash imkonini beradi. Imom moturudiy islom aqidasi sofligi yo‘lida chinakam qalqon bo‘lib turli adashgan oqimlardan asrab buyuk xizmatlar qildilar va ul-zot qoldirgan me’ros hali hanuzgacha ahli-sunna va jamoa mazhabiga ergashuvchilarga  mayoq bo‘lib to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelmoqda. Imom Moturudiyni hayotini o‘rganib qoldirgan me’roslarini va ochilmagan qirralarini yanada kengroq ochib xalqimizga kimning avlodi ekanligini, ota-bobolarimiz tutgan yo‘l haqiqiy to‘g‘ri yo‘l ekanligini, tarix bunga shohid bo‘lganini o‘ratish juda muhim vazifadir hozirda yangilanayotgan O‘bekistonda olib borilayotgan diniy sohadagi keng qamrovli islohotlar bu yo‘nalishdagi xayrli ishlarga ham puxta zamin yaratadi. 

 

Foydalanilgan adabiyotlar 

1. Abdulaziz Mansur, Aqoid matnlari. “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi. –Toshkent. 2006.

2. Ibn Zakariyo Yahyo ibn Isʼhoq. Sharh jumal usul ad-din li Abi Salama as-Samarqandiy. Qoʻlyozma. Turkiya. Sulaymoniya kutubxonasi. Raisulkuttob boʻlimi. Inv. 690.

3. Nasafiy Abul Muin Maymun ibn Muhammad. Tabsirat al-adilla fi usul ad-din. J.2. K.Saloma nashrga tayyorlagan. –Damashq. 1990–1993.

4. S.Oqilov. Abu Mansur al-Moturidiy ilmiy merosi va moturidiya taʼlimoti. Monografiya. –Toshkent: Hilol-nashr nashriyoti, 2020.

5. S.Oqilov. Abul Muin an-Nasafiy ilmiy merosi va moturidiya taʼlimoti. Monografiya. –Toshkent: Nur-poligraf nashriyoti, 2008.

6. Hosiriy Muhammad ibn Ibrohim. Al-Haviy fil fatavo. Turkiya. Sulaymoniya kutubxonasi. Hakim oʻgʻli Ali Posha boʻlimi. Inv. 402.


Olimjon Murodov,

O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik fakulteti

Dinshunoslik yo‘nalishi 1-kurs talabasi 

Ilmiy rahbar: Turgunova Aziza Toshpulatovna,

pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Qo‘shimcha malumot

ADIB AHMAD YUGNAKIYNING “HIBATU-L-HAQOYIQ” ASARIDA MA’RIFIY QARASHLAR
Jamiyat a’zolarining maqsadlarini ularning intilishlari, ehtiyojlari, bajarayotgan vazifalari va ijti­moiy qadriyatlar belgilab beradi. Bu qadriyatlarning shakllanishi oiladan boshlab, ta’lim va...
IQLISHIYNING “AN-NAJM MIN KALAM SAYYIDI-L-ARAB VA-L-AJAM” ASARI TASNIFI
“Iqlishiy” nisbasi bilan mashhur bo‘lgan Abu Abbos Ahmad ibn Ma’d ibn Iso ibn Vakilning “an-Najm min kalam sayyidi-l-arab va-l-ajam”nomli asari...
VIII/XIV–XII/XVIII ASRLARDA “AL-KUTUB AS-SITTA” TO‘PLAMINING JAMLANISHI
Islom dinida Qur’oni karimdan keyin turuvchi ikkinchi ishonchli manba hadisi shariflar hisoblanadi. Hijriy uchinchi asrda hadis sohasiga oid ishonchli kitoblar...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry