Turfa madaniyat va din vakillari örtasida özaro totuvlik hamda bağrikenglik muhitini taʼminlab, Hindiston yarimorolida öz davrining eng buyuk markazlaşgan davlatlaridan biriga asos solgan boburiylar sulolasi jahon tarixida öçmas iz qoldirgan. Bugungi kunda uşbu sulola haqida söz ketganda, hindlar boburiylarni ona yurtini bosib olgan bosqinçi emas, balki içki kuraşlar botqoğiga botib, mayda davlatlarga bölinib ketgan, milliy va diniy asosdagi nizolar avj olgan mamlakatni birlaştirib, hind xalqining qudrati va madaniyatini yuksaltirgan sulola sifatida eslaydilar. Jumladan, Hindistonning birinçi boş vaziri Javoharlaʼl Neru boburiylarning mamlakat madaniy taraqqiyotiga körsatgan ijobiy taʼsiri haqida “Bobur Hindistonga kelganidan keyin katta siljişlar yuz berdi, yangi rağbatlantirişlar hayotga, sanʼatga, arxitekturaga toza havo baxş etdi, madaniyatning boşqa sohalari esa bir-biriga tutaşib ketdi”, degan iliq fikrlarni bildirgan.
Temuriylar sulolasining yorqin namoyandasi, noziktaʼb şoir, mohir laşkarboşi va yirik siyosiy arbob Zahiriddin Muhammad Bobur asos solgan davlat boşqaruvi avvalboşdan adolat, ijtimoiy-diniy tenglik, ilm-fan va maʼrifat ustiga qurilgan edi. Hukmronlik yillari siyosiy jihatdan tarqoq bölgan Hindistonni birlaştiriş yölida keçgan suronli kuraş va siyosiy voqeliklarga boy bölganiga qaramasdan, ilmiy-adabiy faoliyat bilan ham şuğullanişga vaqt topa olgan Bobur öz atrofiga öşa davrning közga köringan eng ilğor olimlari, şoiru adiblari, ulamolari, meʼmorlari hamda sanʼatkorlarini jamlab, ularga homiylik qildi va şu tariqa keyinçalik mamlakat taraqqiyotida muhim rolь öynagan muhim ilmiy-madaniy muhit yaratişga muvaffaq böldi. Bu esa, garçi umrining katta qismi turli qiyinçiliklar, ziddiyatlar, maşaqqatli safarlar hamda jangu jadallar bilan ötganiga qaramasdan, Boburning ilm-fanni sevadigan, sanʼat va adabiyotni teran tuşuna oladigan nozik qalb egasi bölganini körsatadi. Uning Vatan soğinçi hamda boşqa mavzularga oid lirik şeʼrlari, ğazal va ruboiylarini mutolaa qilgan odam ham bunga amin böladi.
Boburning ilmiy-maʼnaviy merosida uning turkiy tilda yozilgan şoh asari “Boburnoma” alohida ajralib turadi. Bobur tilidan gözal badiiy uslubda bayon qilingan uşbu asar Movarounnahr va Hindiston tarixiga oid muhim etnografik, geografik va boşqa maʼlumotlarni beruvçi muhim ilmiy-tarixiy manba bölişi bilan birga, özbek adabiyotining eng nodir durdonalaridan biri hamdir. XVI asrda fors tiliga tarjima qilinib, Şarq olamida keng şuhrat qozongan “Boburnoma”, XVIII asrga kelib, Ğarb şarqşunoslarining ham asosiy tadqiqot obʼektlaridan biriga aylandi. Jumladan, gollandiyalik tadqiqotçi Nikolaas Vitsen 1705 yilda birinçilardan bölib uşbu asarni golland tiliga tarjima qildi. Şundan keyin “Boburnoma” bir neça marta Yevropa tillariga, jumladan, 1826 yilda ingliz tiliga, 1871 yilda frantsuz tiliga, 1942 yilda rus tiliga hamda 1940 yilda turk tiliga tarjima qilindi. Аsarni örganiş yuzasidan hozirgi kunda ham izçil izlanişlar davom ettirilayotganini ham alohida taʼkidlab ötiş zarur.
Аsarning öziga xos xususiyati şundaki, unda muallif tomonidan öta ravon va samimiy bayon uslubi tanlangan. Ingliz şarqşunosi Mauntstyuart Elfinston Boburning “Boburnoma” asaridagi badiiy uslubi haqida töxtalib, “Uning şaxsiy his-tuyğulari har qanday mubolağadan yoki pardalaşdan xoli, uslubi oddiy va mardona, şu bilan birga jonli va ifodali. Öz zamondoşlari biografiyasini, ularning qiyofalari, urf-odatlari, intilişlari, qiziqiş va anʼanalarini közguda aks etgandek ravşan tasvirlaydi. Bu jihatdan “Boburnoma” Örta Osiyodagi yagona çinakam tarixiy tasvir namunasidir”, deb yozadi. Haqiqatdan ham, özi bilan sodir bölgan voqea-hodisalarni tasvirlar ekan, Bobur ularga ulkan bir davlatning hukmdori sifatida emas, balki jarayonlarning oddiy iştirokçisi sifatida yondaşadi. Özini uluğlaşdan qoçib, voqelikka xolis baho berişdan, yöl qöygan xato va kamçiliklarini oçiq eʼtirof etişdan tortinib ötirmaydi. Bu esa Boburning haqiqatdan ham dilbar şaxs bölganini yana bir marta tasdiqlaydi.
Bobur özbek adabiyoti rivojiga, xususan, uning jahonga tanilişiga bebaho hissa qöşgan. Şu bilan birga, u islom fiqhi va boşqa sohalarga oid asarlar ham yozgan. Jumladan, uning 1522 yilda öğli Humoyunga atab yozgan “Mubayyin” nomli asarida şariatga köra soliq yiğiş tartib-qoidalari va miqdorlari nazmiy uslubda bayon etilgan. Bundan maʼlum böladiki, Bobur islom ilmlari, xususan, fiqh va tasavvuf ilmlaridan ham yaxşi xabardor bölgan. Bobur va boburiylarning saʼy-harakatlari natijasida Hindiston musulmonlari orasida hanafiy-moturidiylik taʼlimoti keng quloç yozdi. Mamlakatdagi madrasalarning taʼlim tizimiga movarounnahrlik allomalardan Burhoniddin Marğinoniyning “Hidoya”, Аbul Yusr Pazdaviyning “Usul ad-din”, Аbul Barakot Nasafiyning “al-Manor”, Ubaydulloh ibn Masʼudning “Şarh al-viqoya” asarlari asosiy darslik sifatida kiritildi. Boburiylar tomonidan tamal toşi qöyilgan uşbu boğ bugungi kunda ham öz mevasini berib, Hindiston diyori musulmon olamiga yetuk hanafiy olimlarni yetiştirib bermoqda.
Bugungi kunda yurtimizda Bobur siymosiga munosib ehtirom körsatib, uning hayoti va ilmiy-adabiy merosini çuqur örganiş, uni jamoatçilikka keng tarğib qiliş yuzasidan tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 yanvardagi “Buyuk şoir va olim, maşhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi PQ-20-sonli qarori asosida bu borada bir qator işlar amalga oşirildi. Jumladan, Boburning yoşlik davriga bağişlangan “Yölbarsning tuğilişi” badiiy filьmi ekran yuzini kördi, uning hayoti va ijodiga doir özbek, rus va ingliz tillaridagi “Bobur entsiklopediyasi”ning töldirilgan uçinçi naşri, “Bobur” kitob-alьbomi, Bobur asarlari luğati, Bobur devonining mukammal naşri çop etildi.
Bobur hayotiga nazar soladigan bölsak, uning doimo atrofdagilarga yaxşilik ulaşgani, davlat boşqaruvida adolat tamoyillariga qatʼiy amal qilgani, özidan faqat yaxşi nom qoldirganiga guvoh bölamiz. Uning ruboiylaridan birida “Yaxşi kişi körmagay yomonliq hargiz” deb örinli taʼkidlanganidek, bugungi kunda butun dunyo ahli uning yaxşiliklariga javoban, unga nisbatan alohida hurmat-ehtirom bilan munosabatda böladi, uning ğazal va ruboiylari zavq bilan sevib mutolaa qilinadi, asarlari jahonning turli tillariga qayta-qayta tarjima qilinadi, unga atab badiiy asarlar, ilmiy tadqiqotlar amalga oşiriladi.
Аziz Tajiev
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot
markazi ilmiy kotibi
