JÖRАYEV ŞUKRULLO RАHIMOVIÇ
This page is currently available in Uzbek only.

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bölim boşliği
Jörayev Şukrullo Raximoviç 1982 yil Andijon viloyati Asaka tumanida tuğilgan. U 2005 yil Toşkent islom universitetini, 2007 yil esa mazkur oliygohning magistratura bosqiçini tamomlagan.
Jörayev Şukrullo 2022 yilda tarix fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oliş uçun yozilgan dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2024 yilda Özbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan katta ilmiy xodim (dotsent) ilmiy unvoni berilgan.
U 2007-2009 yillarda Toşkent islom universiteti “Islom huquqi” kafedrasi kabinet mudiri, 2009-2018 yillarda Toşkent islom universiteti Islomşunoslik ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi, Toşkent islom universiteti “Islom huquqi” kafedrasi öqituvçisi, 2018-2020 yillarda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita diniy-ijtimoiy jarayonlarni örganiş axborot-tahlil markazi boş mutaxassisi, 2020-2021 yillarda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Zamonaviy islom tadqiqotlari bölimi boş ilmiy xodimi, 2021-2023 yillarda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Naşrlar bölimi boşliği, 2023 yildan bugungi kungaça Zamonaviy islom tadqiqotlari bölimi boşliği lavozimida mehnat qilib kelmoqda.
Jörayev Şukrullo 50 dan ziyod kitob, öquv qöllanma, risola va ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi.