Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi delegatsiyasi Saljuq universitetida bölib ötayotgan “Usmoniylar davrida hanafiylik-moturidiylik” mavzusidagi VI xalqaro moturidiylik simpoziumi doirasida hamkor taşkilot vakillari bilan bir qator uçraşuvlar ötkazdi.
Jumladan, turkiyalik taniqli moturidiyşunos olim, Anqara universiteti professori, doktor Sönmez Qutlu bilan uçraşilib, doktor Sönmez Qutluga Markaz faoliyati, jumladan, moturidiylik taʼlimotini örganiş böyiça qölga kiritilgan natijalar, yangi kitoblar haqida maʼlumot berildi.
Öz navbatida doktor Sönmez Qutlu Özbekiston xalqaro islom akademiyasidagi faoliyati haqida iliq xotiralar, jumladan, özbek xalqiga xos bölgan mehmondöstlik hamda gözal qadriyatlar haqida zikr qilib ötdi.
Şuningdek, sönggi yillarda yurtimizda islomşunoslik sohasiga katta eʼtibor qaratilayotgani, xalqaro miqyosda konferensiya va anjumanlar ötkazilayotgani tahsinga loyiq ekanini taʼkidladi.
Uçraşuv davomida turkiyalik olimga Markaz tomonidan tayyorlangan “Kitob at-tavhid” va “Risola fi-t-tavhid” asarlarining zamonaviy naşrlari hamda uning Markazda özbek tiliga tarjima qilingan “Biz bilgan va bilmagan Moturidiy” kitobi taqdim qilindi.
Doktor Sönmez Qutlu “Kitob at-tavhid” asarining zamonaviy naşri haqida töxtalib, uşbu tadqiqot Imom Moturidiy va moturidiylik taʼlimotini örganişda muhim ahamiyat kasb etişini taʼkidlab ötdi.
Şuningdek, Saljuq universiteti huzuridagi Saljuqiylar tadqiqot institutiga taşrif buyurib, institut direktori professor, doktor Mustafo Demirji bilan uçraşildi.
Uçraşuv davomida institut xodimlariga Markaz faoliyati, naşr qilinayotgan kitoblar, jumladan, “Kitob at-tavhid” asarining zamonaviy naşri, “Taʼvilot al-Qurʼon” asarining özbek tilidagi ilmiy-izohli tarjimasi haqida maʼlumot berildi.
Öz navbatida, doktor Mustafo Demirji Özbekistonda allomalar merosini örganişga qaratilayotgan eʼtibordan mamnun ekanini, hozirda Özbekiston zaminidan yetişib çiqqan allomalarning hayoti va ilmiy merosiga oid maʼlumotlarni innovatsion uslublarda taqdim etişga möljallangan onlayn elektron platforma yaratiş ustida iş olib borayotganini maʼlum qildi.
