2025-yil 24-sentyabr kuni buyuk ajdodimiz Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi munosabati bilan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan navbatdagi ilmiy seminar oʻtkazildi.
Seminarda Imom Moturidiy majmuasining 2000-2016-yillardagi rahbari Mahmudxon domla Muxtorov "Imom Moturidiy maqbarasining tiklanish tarixi (1990-2000-yillar)" mavzusida maʼruza qildi.
Maʼruzada Imom Moturidiy maqbarasining tarixiy oʻrnini topish, qayta tiklash bilan bogʻliq voqealar haqida maʼlumot berildi. Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Maʼlumki, bugungi kunda Imom Moturidiy majmuasini qayta taʼmirlash, hududni obodonlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda. Bu kabi ilmiy seminarlar Imom Moturidiy majmuasidagi qurilish-taʼmirlash ishlarini ilmiy asoslangan holda tashkil qilishda katta ahamiyat kasb etadi.
