Yangiliklar

Parij Boş masjidiga taşrif

9-oktyabr kuni Din işlari böyiça qömita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Boş masjidiga taşrif buyurib, uning…

9-oktyabr kuni Din işlari böyiça qömita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Boş masjidiga taşrif buyurib, uning rektori Şamsiddin Hofiz bilan uçraşdi.

1926-yilda oçilgan uşbu masjid ibodat bilan birga taʼlim, maʼrifat va ijtimoiy yordamni ham özida birlaştirgan yirik markaz sanaladi.

Muloqot davomida delegatsiya aʼzolari masjid va uning tarkibidagi ilmiy-maʼrifiy tuzilmalar faoliyati bilan tanişdilar. Tomonlar islom dinining mötadillik va bağrikenglik tamoyillarini keng tarğib qiliş, buyuk allomalar merosini örganiş va imomlar malakasini oşiriş yönalişlarida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

Uçraşuvda diniy-maʼrifiy sohada özaro tajriba almaşiş va muştarak yönalişlarda hamkorlikni rivojlantiriş masalalariga eʼtibor qaratildi.

Taşrif yakunida masjid kutubxonasiga Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining yangi naşrlari taqdim etildi.

Şuning bilan, Özbekiston delegatsiyasining Fransiyaga taşrifi yakunlandi.

Yangiliklar

Yana öqing

Barça yangiliklar
Yangiliklar

Parijda yangragan uçinçi renessans sadosi

Bunday taqdimotlar orqali jahon hamjamiyati Özbekistonning betakror maʼnaviy salohiyati, şonli ötmişi, boy madaniy merosi, buyuk allomalarimizning jahon tamadduniga qöşgan beqiyos hissasidan yana…