Yangiliklar

Oksford islom tadqiqotlari markazi direktori Fahran Nizami Akademiyada mehmon boʻldi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun yurtimizga tashrif buyurgan Oksford islom tadqiqotlari markazi…

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun yurtimizga tashrif buyurgan Oksford islom tadqiqotlari markazi direktori Fahran Nizami Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida mehmon boʻldi.

Nufuzli mehmonni Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uygʻun Gʻafurov kutib oldi. Akademiya rektori taniqli olim bilan yuzma-yuz uchrashib turganidan mamnun ekanini bildirdi.

Doʻstona kayfiyatda oʻtgan suhbat davomida Fahran Nizami 2023 yil aprel oyida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Oksford islom tadqiqotlari markazi oʻrtasida imzolangan Memorandum natijasida hamkorlik aloqalari yanada rivoj topayotganini eʼtirof etdi.

Yangiliklar

Yana oʻqing

Barcha yangiliklar
Yangiliklar

Parij Bosh masjidiga tashrif

9-oktyabr kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Bosh masjidiga tashrif buyurib, uning…