📞 +998 (71) 244-35-36 📍 Toshkent sh., Abdulla Qodiriy k-si, 11-uy

Oksford islom tadqiqotlari markazi direktori Fahran Nizami Akademiyada mehmon bo‘ldi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun yurtimizga tashrif buyurgan Oksford islom tadqiqotlari markazi direktori Fahran Nizami O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida mehmon bo‘ldi.

Nufuzli mehmonni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un Gʻafurov kutib oldi. Akademiya rektori taniqli olim bilan yuzma-yuz uchrashib turganidan mamnun ekanini bildirdi.

Do‘stona kayfiyatda o‘tgan suhbat davomida Fahran Nizami 2023 yil aprel oyida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Oksford islom tadqiqotlari markazi o‘rtasida imzolangan Memorandum natijasida hamkorlik aloqalari yanada rivoj topayotganini e’tirof etdi.