Yangiliklar

Konferensiya

Moturidiylik taʼlimoti va hozirgi zamon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi "Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida"gi Qarori ijrosi doirasida Samarqand davlat…

Moturidiylik taʼlimoti va hozirgi zamon

 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi "Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida"gi Qarori ijrosi doirasida Samarqand davlat universitetida "Moturidiylik taʼlimoti va hozirgi zamon" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

 Anjumanda Samarqand davlat universiteti, Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Samarqand arxeologiya instituti, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi va boshqa oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, ilmiy xodimlari ishtirok etdi.

 Konferensiyada buyuk ajdodimiz, moturidiylik aqidaviy taʼlimoti asoschisi Ab-u Mansur Moturidiy va u zotning izdoshlari qoldirgan boy ilmiy-maʼnaviy merosning ahamiyati, alloma dafn etilgan Chokardiza qabristonidagi qurilish va obodonlashtirish ishlari natijalariga oid maʼruzalar tinglandi.

 Taʼkidlandiki, mamlakatimizda soʻnggi yillarda Imom Moturidiy ilmiy merosiga oid tadqiqotlar sifat va son jihatidan oshib, ushbu ilmiy izlanishlar xorijlik olimlar eʼtiborini oʻziga tortmoqda. Anjunda ishtirok etgan Indoneziya va turkiyalik olimlar Oʻzbekistonda moturidiylik taʼlimotiga qaratilayotgan eʼtiborning yuksak darajada ekanini eʼtirof etdilar.

Tadbirda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan "Taʼvilot al-Qurʼon", "Kitob at-tavhid" asarlarining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Maʼlumki, Imom Moturidiydan bizning davrimizgacha yetib kelgan asarlar ushbu ikki kitob boʻlib, alloma yubileyi munosabati bilan mazkur nodir manbalar oʻzbek tiliga toʻliq tarjima qilindi.

 Shuningdek, konferensiya doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Imom Moturidiy ilmiy merosiga bagʻishlab oliy taʼlim muassasalari talabalari ishtirokida oʻtkazilgan tanlov gʻoliblari taqdirlandi.

Yangiliklar

Yana oʻqing

Barcha yangiliklar
Yangiliklar

Parij Bosh masjidiga tashrif

9-oktyabr kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Bosh masjidiga tashrif buyurib, uning…