Moturidiylik taʼlimoti va hozirgi zamon
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi "Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligini keng nişonlaş töğrisida"gi Qarori ijrosi doirasida Samarqand davlat universitetida "Moturidiylik taʼlimoti va hozirgi zamon" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bölib ötdi.
Anjumanda Samarqand davlat universiteti, Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Samarqand arxeologiya instituti, Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi va boşqa oliy taʼlim muassasalarining professor-öqituvçilari, ilmiy xodimlari iştirok etdi.
Konferensiyada buyuk ajdodimiz, moturidiylik aqidaviy taʼlimoti asosçisi Ab-u Mansur Moturidiy va u zotning izdoşlari qoldirgan boy ilmiy-maʼnaviy merosning ahamiyati, alloma dafn etilgan Çokardiza qabristonidagi quriliş va obodonlaştiriş işlari natijalariga oid maʼruzalar tinglandi.
Taʼkidlandiki, mamlakatimizda sönggi yillarda Imom Moturidiy ilmiy merosiga oid tadqiqotlar sifat va son jihatidan oşib, uşbu ilmiy izlanişlar xorijlik olimlar eʼtiborini öziga tortmoqda. Anjunda iştirok etgan Indoneziya va turkiyalik olimlar Özbekistonda moturidiylik taʼlimotiga qaratilayotgan eʼtiborning yuksak darajada ekanini eʼtirof etdilar.
Tadbirda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan naşr etilgan "Taʼvilot al-Qurʼon", "Kitob at-tavhid" asarlarining taqdimoti bölib ötdi. Maʼlumki, Imom Moturidiydan bizning davrimizgaça yetib kelgan asarlar uşbu ikki kitob bölib, alloma yubileyi munosabati bilan mazkur nodir manbalar özbek tiliga töliq tarjima qilindi.
Şuningdek, konferensiya doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Imom Moturidiy ilmiy merosiga bağişlab oliy taʼlim muassasalari talabalari iştirokida ötkazilgan tanlov ğoliblari taqdirlandi.
