Yangiliklar

Imom Moturidiy qabrini izlab …

Keyingi yillarda buyuk ajdodlarimizning hayot yöli, ularning maʼrifiy merosini örganişga katta eʼtibor qaratilmoqda. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning “Imom Moturidiy tavalludining…

Keyingi yillarda buyuk ajdodlarimizning hayot yöli, ularning maʼrifiy merosini örganişga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning   “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi qarori uluğ bobolarimiz ruhini şod etiş, ular merosini örganiş va tarğib etiş, sönggi qönim topgan tabarruk maskanlarini obod etiş borasidagi savobli taşabbuslardan yana biri bölgani aniq.

Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yahyo Ğulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi Amriddin Berdimurodov bu haqda quyidagi fikrlarni bildirdi. 

&ndaş; Movarounnahrning Samarqand, Buxoro, Termiz, Nasaf, Xiva, Şahrisabz, Marğilon, Urganç kabi yirik şaharlari örta asrlarda ilm-fan va maʼrifat markazlariga aylangan edi. Bu şaharlarda bir neça yuzlab olimu ulamolar tabiiy, ijtimoiy va diniy fanlar bilan maşğul bölgan. Ulardan minglab noyob qölyozmalar meros bölib qolgan.

Ayni vaqtda mazkur şaharlarda musulmon ulamolari dafn etilgan bir neça önlab tabarruk ziyoratgohlar ham paydo böldi. Şunday uluğ maskanlardan biri bu Samarqand şahridagi Çokardiza qabristonidir. Bu yerda köplab olimu ulamolar dafn etilganlarki, şu tufayli bu qabriston qadimdanoq, “ilmlar makoni”, deya nom olgan.

“Çokardiza” nomi ançayin qadimiy bölib, manbalarda yozilişiça, bu manzilda çokarlar, yaʼni laşkarlar qörğoni mavjud bölgan. Keyinçalik bu nom şu manzil hamda bu yerdan oqib ötgan ariqqa ham köçib ötgan.

Tarixçi sayyohlar Istaxriy va Maqdisiylar Samarqand şahrini suv bilan taʼminlagan Çokardiza ariği islomgaça bölgan davrlarda barpo qilinganini yozişgan.

Çokardiza qabristoni va unga dafn etilganlar haqidagi maʼlumotlarni, asosan “Kiçik Qandiya” hamda Abu Tohirxojaning “Samariya” kitoblaridan oliş mumkin. Ularda yozilişiça, Çokardiza qabristoni Samarqand şahrining kunçiqar tomonida joylaşgan. Bu yer qabristonga aylanişidan oldin Imom Abu Işoq ibn Ibrohim ibn Samosiy Mutavaiyning boği bölgan. Mutavaiy vafot etgaç, öz boğiga dafn etilgan. Undan keyin imom Abu Mansur Moturidiy dafn etilgan va şu tariqa bu manzilda samarqandlik maşhur olimu ulamolar, aziz-avliyolar dafn etiladigan tabarruk qabriston paydo böldi.

Çokardiza qabristoniga X asrning örtalarida Imom Abu Mansur Moturidiyning dafn qilinişi uşbu xilxonaning nufuzini juda oşirib yubordi. Bu yerda olib borilgan arxeologik tadqiqotlarning körsatişiça, allomaning qabri ustiga XI-XII asrlarda uluğvor maqbara va masjiddan iborat majmua barpo qilingan. Buni Afrosiyob şaharçasining janubiy devori yonida barpo qilingan Qusam ibn Abbos majmuasiga öxşatiş mumkin. Buni u yerda topilgan sirlangan va sirlanmagan sopol bezaklar, quriliş materiallarining qoldiqlari yaqqol körsatib turibdi. Afsuski, bu inşootlar Samarqandda XIII asrda yuz bergan möğullar bosqini paytida vayron bölgan.

Çokardiza qabristoni haqida yozgan barça tadqiqotçilar bu yerda Abu Mansur Moturidiy qabrining ğarbiy tomonida “Muftiylar hazirasi” bölgani va bu yerga 444 muftiy dafn qilinganini qayd etişadi. Bu xildagi haziralar odatda XV-XVI asrlarga mansub bölib, ularning tört tomoni pişiq ğiştlar bilan öralgan, kiriş faqat birgina darvoza orqali amalga oşirilgan. Buxoro şahri va uning atroflarida ham köplab şunday haziralar barpo qilingan. Muftiylar hazirasining taşqarisida Şayx Abu Bakr Buxoriy, Şayx Abulqosim Samarqandiy, Xoja Bahriy Peşovariy, Xoja Raşid, Xoja Duridkaş, Mavlono Mansur Zohid çarmgar hamda Şayx Obrezlarning ham qabrlari borligi zikr etilgan.

Tarixiy manbalarda yozilişiça, Çokardizadagi “Muftiylar hazirasi”ning janubiy tomonida çillaxona mavjud bölib “Oşiqlar ğori” deyilgan. Qabristonga kelgan ziyoratçilar uşbu maskanni ziyorat qilgan.

Çokardiza qabristonining maqomi şu darajada baland ediki, unda Samarqandning köplab uluğlari yotişni orzu qilar edi. X asrlarda şakllana boşlangan uşbu qabristonga XIV-XVII asrlarda ham nufuzli insonlarni dafn etiş anʼanasi davom etgan. Tarixiy manbalarda tilga olinişiça, Amir Temur va temuriylar davrida Hirot va Maşhaddan Samarqandga taklif etilgan köpgina sayyidlarning qabrlari şu yerdadir.

Çokardizaga dafn etilgan olimu ulamolar orasida Naysoburiy, Astrobodiy, Buxoriy, Xöjandiy, Çimkentiy, Nasafiy, Kuşoniy, Xöqandiy, Qatvoniy, Şoşiy, Marğiloniy, Iştixoniy va Karobisiy, Özgandiy kabi nisbalarga ega zotlar bor. Bu holat örta asrlarda Samarqandga turli şaharlar va qişloqlardan köplab toliblar ilm istab kelgani va şu tabarruk tuproqda olim bölib yetişganini anglatadi.

2000 yillarga kelib Çokardiza qabristoni yana odamlarning eʼtiboriga tuşdi. 1999 yili Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uluğ vatandoşimiz imom, şayx, kalom ilmining yetuk vakili Abu Mansur Moturidiy tavalludining 1130 yilligini keng nişonlaş va Çokardiza qabristonidagi allomaning qabri ustiga muhtaşam maqbara quriş haqida qaror qabul qildi.

Bu vazifani bajariş Özbekiston Fanlar akademiyasi Yahyo Ğulomov nomidagi Arxeologiya institutiga topşirildi. 2000 yilning boşida institutda maxsus bölinma tuzilib, tadqiqot işlari boşlab yuborildi.

Arxeologlar Imom Moturidiy qabrini aniqlaş maqsadida Çokardiza qabristoni deb taxmin qilingan manzil, yaʼni Ğijduvon köçasiga kelganlarida, bu yerda köçalar va hovlilargina mavjud bölib, qabristondan nom-nişon yöq edi.

Bunday muşkul vaziyatda bir neça tadbirlarni qöllaşga töğri keldi. Birinçi navbatda, Samarqand şahrining XIX-XX asrlarga oid topografik xaritasi har tomonlama örganib çiqildi.

Ikkinçidan, to 1950 yillargaça, Buxoro va Ğijduvon köçalarida yaşagan, hozirda boşqa mahallalarida yaşayotgan kişilarni bu yerga töplab, ularning xotiralari, körsatmalarini örganişga qaror qilindi. Bu tadbirlarning natijasida, Imom Moturidiyning qabri Ğijduvon köçasidagi 2-uyning hovlisida bölgan, degan fikrga kelindi va ilk qaziş işlari boşlandi. Arxeologik tadqiqotlar bir neça şurf, tranşeya va qazişmalar şaklida olib borildi. Qazişmalardan şu narsa aniq böldiki, bu yer IV asrlarda özlaştirilgan bölib, X asrdan boşlab qabristonga aylantirilgan.

“Kiçik Qandiya” va “Samariya” kitoblarida aytilişiça, Çokardiza qabristoni qadimda juda obod bölgan. Qabriston atrofi devorlar bilan öralgan, qabriston içida sersoya daraxtlar, ulkan hovuz bölgan. Abu Mansur Moturidiy qabri yaqinida esa masjid barpo qilingan. Yoğingarçiliklar paytida ziyoratçilarga noqulaylik bölmasligi uçun toşlar yotqizilib, maxsus yölaklar qilingan. 2000 yilgi arxeologik qazişmalar paytida bunday yölaklar qayd etilgan. Bir söz bilan aytganda, uşbu qabriston bu yerga dafn qilingan marhumlarning obrö-eʼtiborlari, xotiralariga mos ravişda toza-ozoda, obod holatda saqlangan.

XX asrning örtalariga kelib, Çokardiza qabristoni tugatilib, uning örni mahallalarga bölib berilgan. Şu tariqa, qabriston örnida mahalla paydo bölgan.

2000 yilda imom Abu Mansur Moturidiy tavalludiga 1130 yil tölişi munosabati bilan allomaning hayoti, ijodi, merosini har tomonlama örganiş, uning qabri ustiga maqbara örnatiş işlari yölga qöyildi. Natijada, Çokardiza örniga XX asrning 50-yillarida qurilgan noqonuniy ayrim hovli-joylar köçirilib, arxeologik tadqiqotlar olib borildi. Imom Moturidiy qabri aniqlanib, uning ustiga haşamatli maqbara bunyod qilindi. Qabriston hududi obodonlaştirilib, tabarruk ziyoratgohga aylantirildi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 martdagi “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi qarori esa nafaqat Imom Moturidiy ilmiy merosi, balki u zot mangu qönim topgan qadim ziyoratgoh &ndaş; Çokardiza qabristoni hududiga ham alohida eʼtibor qaratişni taqozo etmoqda. Qarorda Samarqand şahridagi Abu Mansur Moturidiy majmuasini qayta taʼmirlaş va obodonlaştiriş vazifasi belgilangan. Şu jihatdan, Samarqand şahridagi Çokardiza qabristonida arxeologik tadqiqotlarni davom ettiriş, hamon turar-joylar tagida qolib kelayotgan tabarruk qabrlarni izlab topiş, bu köhna qabriston hududini batamom hovli-joylardan tozalab obodonlaştiriş borasida işlar amalga oşirilişi rejalaştirilgan. Yaqin yillarda Çokardiza qabristoni özining asl holiga qaytarilib, tabarruk ziyoratgohga aylantiriladi va şu orqali tarixiy adolat qayta tiklanadi, deb umid qilamiz.

                                                             ÖzA muxbiri N.Usmonova yozib oldi.

Yangiliklar

Yana öqing

Barça yangiliklar
Yangiliklar

Parij Boş masjidiga taşrif

9-oktyabr kuni Din işlari böyiça qömita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Boş masjidiga taşrif buyurib, uning…