📞 +998 (71) 244-35-36 📍 Toshkent sh., Abdulla Qodiriy k-si, 11-uy

Xalqaro hamkorlik

Anqara Yildirim Boyazid universiteti bilan hamkorlik

2025-yil 17-oktyabr kuni  Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Anqara Yildirim Boyazid universiteti rektori, professor Ali Chingiz Ko‘seo‘g‘li tashrif buyurdi.

 Tashrif davomida Markaz rahbariyati va rektor Ali Chingiz Ko‘seo‘g‘li o‘rtasida mazmunli muloqot bo‘lib o‘tdi. Suhbatda allomalar ilmiy merosini chuqur o‘rganish, ularning asarlarida ko‘tarilgan umuminsoniy g‘oyalarni yoshlarga yetkazish hamda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 Muzokaralar chog‘ida konferensiyalar, seminarlar va qo‘shma tadqiqotlarni tashkil etish bo‘yicha aniq takliflar ko‘rib chiqildi. Xususan, Turkiya va O‘zbekistonda Imom Moturidiy ilmiy merosiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar o‘tkazish, stajirovkalar tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi. 

 Uchrashuv yakunida rektor Ali Chingiz Ko‘seo‘g‘li Markaz jamoasiga minnatdorlik bildirib, bunday tashrif va muloqotlar ikki tomonlama ilmiy aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, buyuk mutafakkirlar merosini xalqaro miqyosda targ‘ib etishda muhim qadam ekanini ta’kidladi.