Новости

Jamoliddin Karimov: Özbek moturidiyşunosligidagi ulkan tarixiy voqelik

Bugun bebaho merosimizni çuqur örganiş, uni tadqiq etiş, bu borada xalqaro hamkorlikni tobora kengaytiriş masalasiga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat…

Эта страница пока доступна только на узбекском языке.

Bugun bebaho merosimizni çuqur örganiş, uni tadqiq etiş, bu borada xalqaro hamkorlikni tobora kengaytiriş masalasiga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi qarori bu boradagi amaliy işlarning yana bir yorqin ifodasidir. Mamlakatimizda mohi Ramazonning şukuhi kezayotgan şunday fazilatli kunlarda mazkur qarorning qabul qilinişi ajdodlarimiz xotirasiga ehtirom körsatiş, ruhini şod etiş bilan birga, ular merosini atrofliça örganiş borasidagi muhim taşabbuslardan biri böldi.

Yuqorida nomi keltirilgan qarorning mazmun-mohiyati haqida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining direktori, taniqli dinşunos olim, tarix fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) Jamoliddin Karimov bilan suhbatlaşdik. 

&ndaş; Prezidentimizning kuni keça qabul qilingan "Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nişonlaş töğrisida"gi qarori ahamiyati haqida töxtalsangiz.

&ndaş; Sönggi yillarda mamlakatimizda mutafakkir allomalarimizning ibratli hayot yöllarini örganiş, ularning boy ilmiy-maʼnaviy merosini keng tarğib qilişga har qaçongidan ham köproq eʼtibor qaratilmoqda. Zotan, insoniyat sivilizatsiyasi rivojiga bebaho hissa qöşgan ajdodlarimizning asarlaridagi ezgu ğoyalar, umuminsoniy qadriyatlar, bağrikenglik va mötadillik, ilm-fan, aql va tafakkurning inson hayotidagi örni va ahamiyatiga oid qaraşlar yoşlarni komil inson etib tarbiyalaş, jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlaşning muhim omili bölib hisoblanadi.

Mamlakatimizda diniy-maʼrifiy sohada amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar natijasi ölaroq taşkil etilgan Özbekiston xalqaro islom akademiyasi, Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari boy tarixiy-madaniy merosimizni örganiş va qayta tiklaşga xizmat qilmoqda.

Mamlakatimizda buyuk mutafakkir ajdodimiz, aqida ilmi rivojiga ulkan hissa qöşgan Imom Abu Mansur Moturidiy va u asos solgan moturidiylik taʼlimotini örganişga alohida ahamiyat berilişi diqqatga sazovor. Hanuz öz dolzarbligini yöqotmasdan kelayotgan mazkur taʼlimotning bugungi kundagi örni va ahamiyati haqida yurtboşimiz: “Moturidiy taʼlimoti ilm egallaş jarayonida bağrikenglik ğoyasi asosida inson aql-zakovatining örni va ahamiyatiga yuksak eʼtibor qaratadi. Bu öz navbatida uşbu taʼlimotning keng ommalaşuvida muhim örin tutgan. Bunday ğoyalarga bugungi kunda ham insoniyat katta ehtiyoj sezmoqda”, deb taʼkidlagan edi.

Sönggi kunlarda mamlakatimiz tarixida, xususan, moturidiyşunoslik sohasida yuqorida zikr qilingan işlarga hamohang bölgan ulkan tarixiy voqelik sodir böldi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi qarorni imzoladi. Şuni alohida taʼkidlaş lozimki, uşbu qaror nafaqat yurtimizda, balki xalqaro miqyosda ham Imom Moturidiy va moturidiylik taʼlimotini tizimli hamda ilmiy asosda örganişni yangi bosqiçga olib çiqişga zamin yaratadi.

Unga muvofiq, joriy yilda buyuk ajdodimiz, mutafakkir olim Imom Abu Mansur Moturidiy tavalludining 1155 yilligi mamlakatimizda keng nişonlanadi. Şu munosabat bilan taşkil qilinadigan tadbirlar doirasida Samarqand şahrida “Moturidiylik &ndaş; bağrikenglik, mötadillik va maʼrifat taʼlimoti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya taşkillaştiriş, xorijlik tadqiqotçilar örtasida moturidiylik taʼlimoti böyiça ilmiy tanlov ötkaziş, olim asarlarining özbek tilidagi ilmiy-izohli akademik tarjimalarini naşr qiliş, uning serqirra hayot yöli va ilmiy merosining bugungi kundagi ahamiyatini oçib beradigan badiiy-publitsistik film yaratiş, esdalik suvenirlari, poçta markalari, taqvimlar va boşqa körgazmali axborot vositalarini muomalaga çiqariş, Samarqand şahridagi Imom Abu Mansur Moturidiy majmuasini qayta taʼmirlaş va obodonlaştiriş işlarini amalga oşiriş belgilab olindi.

Mazkur qarorning qabul qilinişi nafaqat Özbekistonda, balki musulmon mamlakatlarida ham katta quvonç bilan kutib olindi. Taʼkidlaş lozimki, qaror yurtimizda Imom Moturidiy va moturidiylik taʼlimotini örganişni yanada rağbatlantiriş, bu borada amalga oşirilayotgan işlarni mutlaqo yangi bosqiçga kötariş, Imom Moturidiy siymosini xalqimizga yanada kengroq tanitişga xizmat qilişi bilan birga, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga alohida masʼuliyat ham yuklaydi. Birinçi navbatda, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Imom Moturidiy va moturidiylik taʼlimotini örganiş va keng tarğib qiliş yuzasidan amalga oşiriladigan işlar, ilmiy-tadqiqot mavzulari qarorda belgilangan vazifalardan kelib çiqqan holda belgilanib, asosiy faoliyat yönalişlari muvofiqlaştiriladi.

&ndaş;Buyuk ajdodimiz Imom Moturidiy ilmiy merosi maʼnaviy hayotimizda qanday örin egallaydi?

&ndaş;  Imom Abu Mansur Moturidiy musulmon olamida buyuk mutakallim, qomusiy olim va uluğ mutafakkir, moturidiylik taʼlimotining asosçisi sifatida keng eʼtirof etiladi. U asos solgan moturidiylik taʼlimoti paydo bölganidan to hozirgi kunga qadar eʼtiqod musaffoligini asrab-avaylaş, musulmonlarning jipsligi va birdamligini taʼminlaş, islom niqobi ostidagi oqimlarning buzğunçi ğoyalarga qarşi raddiyalar berişda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bölib kelmoqda.

Xususan, turli adaşgan oqimlarning ğoyalariga qarşi naqliy va aqliy dalillar asosida raddiya beriş metodologiyasi hamda maʼrifiy asoslarini işlab çiqqan Imom Moturidiy mazkur xizmatlari uçun “Imom al-huda” &ndaş; “Hidoyat imomi”, “Musahhih aqida al-muslimin” &ndaş; “Musulmonlarning aqidasini töğrilovçi” degan şarafli nomlarga sazovor bölgan. Allomaning Abu Muin Nasafiy, Abu Barakot Nasafiy, Abu Hafs Nasafiy kabi izdoşlari uning yölini munosib davom ettirib, ixtilofli aqidaviy muammolarga ilmiy yeçim topiş, mötadil taʼlimotni odamlar orasida keng tarqatişga ulkan hissa qöşganlar.

Imom Moturidiyning mutaassiblikka qarşi kuraş metodologiyasi ham naqliy, ham aqliy dalillarga asoslangani sababli buzğunçi oqimlar faoliyatiga barham berişda öta samarali bölgan. Uşbu metodologiyaning asosini olimning “Qurolingni ilmdan yasa”, degan hikmatli sözi taşkil qilgan. Bugungi kunda Imom Moturidiyning uşbu hikmati mamlakatimizda muvaffaqiyatli qöllanilayotgan “Jaholatga qarşi maʼrifat” ğoyasi bilan har tomonlama muştarak ekanini körişimiz mumkin. Umuman olganda, yuqoridagilardan kelib çiqib, Imom Moturidiy hayoti, ilmiy merosi va moturidiylik taʼlimotini örganiş hamda keng tarğib qiliş yoşlar tarbiyasida, şuningdek, jamiyatda bağrikenglik va mötadillik tamoyillarini qaror toptirib, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni soğlomlaştirişda naqadar yuksak ahamiyatga ega ekani oydinlaşadi.

&ndaş; Imom Moturidiy ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati haqida qisqaça sözlab bersangiz. Şu bilan birga, yuqorida nomi keltirilgan qaror  markaz zimmasiga qanday vazifalarni yuklaydi?

&ndaş; Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Moturidiy va moturidiylik taʼlimotining örganilişi xususida şuni aytiş mumkinki, bugungi kunda Markazda bu borada keng kölamli işlar amalga oşirib kelinmoqda. Eng birinçi navbatda, Markaz qoşida taşkil qilingan Xalqaro ilmiy hayʼat faoliyatini alohida tilga oliş zarur. Misr, Turkiya, Iordaniya, Bosniya va Gersegovina, Germaniya, Rossiya, Malayziya kabi mamlakatlarning yetuk olimlari, mahalliy mutaxassislarni öz tarkibida jamlagan uşbu Hayʼat ilmiy-tadqiqot mavzularini mazmunan boyitiş va yanada takomillaştiriş, Markaz faoliyatini zamonaviy talablar asosida yölga qöyişda benazir platforma vazifasini bajarmoqda. Şu bilan birga, Hayʼat aʼzolari Imom Moturidiy siymosini jahonga tanitişga ham katta hissa qöşmoqdalar.

Şuningdek, Taʼlim, fan va madaniyat masalalari böyiça islom taşkiloti (ICESCO), Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq qiliş markazi (IRCICA), Turkiya Islom tadqiqotlari markazi (ISAM), Islom tafakkuri instituti, Saljuq universiteti, Anqara Yildirim Boyazid universiteti, Al-Azhar universiteti, Malayziya islom ilmlari universiteti kabi jahonning nufuzli ilmiy va taʼlim muassasalari bilan imzolangan hamkorlikka oid memorandumlar doirasida moturidiylik taʼlimoti tarixi va bugungi kundagi ahamiyati, şuningdek, zamonaviy islomşunoslikka oid dolzarb muammolarni hal qilişga qaratilgan konferensiya, seminar, davra suhbatlari va boşqa ilmiy-maʼrifiy tadbirlar muntazam taşkil etib kelinmoqda.

Markaz tomonidan Misrning Al-Azhar majmuasi tadqiqotçilari örtasida Imom Moturidiy merosi böyiça xalqaro tanlov ötkazildi. Şuningdek, xorijlik tadqiqotçilar uçun Imom Moturidiy nomidagi xalqaro stipendiya joriy qilindi. Bu, öz navbatida Özbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, ijobiy özgarişlarni jahon hamjamiyatiga yetkaziş bilan birga, Markaz faoliyatini ham xorijda keng tarğib qilişga xizmat qilmoqda.

Imom Moturidiy va moturidiylik taʼlimotiga oid manbalarning özbek tilidagi ilmiy-izohli akademik tarjimalarini yaratiş, qölyozmalar asosida ilmiy-tanqidiy matnlarini tayyorlaş, şu asosda xalqçil risolalarni naşr qilib, aholi, ayniqsa yoşlar orasida moturidiylik taʼlimotidagi bağrikenglik va mötadillik ğoyalarini keng tarğib qilişga ham alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlab ötiş lozim. Jumladan, ötgan yilning özida bugungi kundagi dolzarb muammolarga bağişlangan 40 ga yaqin monografiya, kitob va xalqçil risola çop etildi.

Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nişonlaş töğrisidagi qarorning qabul qilinişi Markaz faoliyatini yangi bosqiçga olib çiqişga, uni mahalliy va xalqaro miqyosda kengaytirişga xizmat qiladi. Şu nuqtai nazardan, uşbu qaror nafaqat Özbekiston, balki xalqaro miqyosdagi moturidiyşunoslik sohasi rivojida muhim örin tutişiga şubha yöq.

&ndaş; Samimiy suhbat uçun taşakkur!

ÖzA muxbiri 

Nazokat Usmonova suhbatlaşdi.

Новости

Читайте также

Все новости
Новости

Parij Boş masjidiga taşrif

9-oktyabr kuni Din işlari böyiça qömita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Boş masjidiga taşrif buyurib, uning…