Новости

Imom Moturidiy – jahon tamaddunining buyuk şaxsiyati

Insoniyat tarixida öz örniga ega bölgan buyuk allomalarimizdan biri Imom Abu Mansur Moturidiydir. Ul siymo faqat bir zamonning emas, balki barça zamonlarning dolzarb…

Эта страница пока доступна только на узбекском языке.

Insoniyat tarixida öz örniga ega bölgan buyuk allomalarimizdan biri Imom Abu Mansur Moturidiydir. Ul siymo faqat bir zamonning emas, balki barça zamonlarning dolzarb va muhim masalalariga asosli hamda qatʼiy javoblarni bera olgan mutafakkir olim.

U zotning dunyo ilm-faniga, ayniqsa, aqida ilmiga qöşgan hissasi, aql va naqlni uyğunlaştirişdagi örni haqida zamondoşlari hamda muhaqqiq olimlar tomonidan yuksak baholar berilgan.

Köpçilik “Abu Mansur” nisbasini eşitganda, u zotning öğli “Mansur” bölganmi, degan savolga töxtaladi. Lekin manbalarda Imom Moturidiy rahimahullohning “Mansur” ismli öğli bölgani aytilmagan. Ammo tadqiqotçilar manbalarga tayanib, u zotning qizi bölganini taʼkidlagan. Lekin Imom Moturidiy öz tafsirida öğil farzandli bölişni orzu qilganini va uni “Mansur” deb nomlaşini aytib ötgan. Bu haqda “Taʼvilot al-Qurʼon”da şunday deyiladi: “Abu Mansur” deb, unga “Mansur” ismli öğil tuğilişi umidida işlatiladi”. 

Bu orzu amalga oşgan yoki yöqligi haqida tarixiy maʼlumot uçramaydi. Qayd etilgan jumla Imom Moturidiyning şaxsiy hayotidagi sodda bir orzuni körsatsa-da, uning tuyğulari qançalik samimiy ekanini bildiradi.

Imom Moturidiyning ilmdagi darajasi haqida u zotning şogirdlari va izdoşlaridan yetişib çiqqan yetuk olimlar yuksak baholar bergan. “Sayful-haq” (Haqiqat qiliçi) degan şarafli unvonga sazovor bölgan olim Abu Muin Nasafiyning taʼkidlaşiça: “Agar ahli sunna olimlari orasida faqat Imom Abu Mansur Moturidiyning özi bölganida ham, yetarli bölar edi”. Bu taʼrif Imom Moturidiyning ahli sunna va jamoa asosini barpo etişdagi örnini yorqin namoyon qiladi.

Undan taşqari, Abu Muin Nasafiy Imom Moturidiyga: “Ilm ummoniga şönğib, undagi noyob durlarni qölga kiritişga muvaffaq bölgan, dinning hujjat-dalillarini bayon etib, ularni öz fasohati, çuqur ilmi va yuksak aql-zakovati bilan sayqallaştirgan olim”, degan taʼrifni bergan.

Ustozi Abu Nasr Iyoziyning  u zotga nisbatan hurmati va eʼtirofi ham juda taʼsirli. U dars majlislarida Moturidiy hozir bölmagunça gapirmas edi. Har gal uni uzoqdan körib, hayrat bilan nazar taşlar va Qurʼoni karimdan quyidagi oyatni tilga olardi: “Parvardigoring xohlaganini yaratadi va  ixtiyor etadi” (“Qasos” surasi 68-oyat).

Abdulhay Laknaviy “al-Favoidu-l-bahiya” asarida Imom Abu Mansur Moturidiyni mutakallimlar imomi va musulmonlarning töğri aqidasini asoslab bergan buyuk alloma sifatida tavsiflaydi. Uning taʼkidlaşiça, Imom Moturidiy benazir asarlar yaratib, botil aqida vakillarining buzğunçi ğoyalariga raddiyalar bergan.

Ayrim manbalarda Imom Moturidiy tariqat şayxlari tomonidan ham ummatni töğri yölga yöllovçi şaxs sifatida eʼtirof etilgani aytiladi. Imom Abu Bakr Ahmad ibn Işoq ibn Solih Juzjoniy Imom Moturidiyning tasavvufdagi ustozlaridan biri bölgan.

Zamonaviy moturidiyşunos olimlardan Ahmad Saʼd Damanhuriy özining Imom Moturidiyga bağişlab yozgan asarida şunday deydi: “Imom Moturidiy fiqh, ilm, taqvo, dinu diyonat, fazilat va yaxşilikda peşqadam bölib, u bilan hamfikr yoki unga qarşi bölganlarning barçasi uning benazir olim ekanini eʼtirof etgan. U sunnatning keskir qiliçi, bidʼat va gumrohlikka qarşi kuraşgan alloma bölgan. Ul zot köplab kitoblar yozib, islom dinini himoya qilgan, unga qarşi çiqqanlarni mağlub etgan”. 

Moturidiyşunos olim Sönmas Qutluğ esa şunday deydi: “Imom Moturidiy Alloh taolo tomonidan insoniyatga berilgan eng uluğ inʼom, bebaho tuhfadir”.

Ayrimlar “Kitob at-tavhid”ning kiriş qismidagi aqliy dalillarga qarab, u zot faqat aqlga tayangan deb xulosa qiladi. Lekin Yaratuvçining mavjudligini inkor qilayotgan insonga öşa mavjudlikni aql orqali isbotlaş tabiiy va zaruriy uslubdir. Imom Moturidiy naqlni çetlatmagan, balki uni öz örnida işlatgan. Aksinça, Imom Moturidiy ilmda naql va aqlni mukammal tarzda uyğunlaştira olgan olim edi. U zot özining soğlom eʼtiqodga bağişlab yozgan “Kitob at-Tavhid” asarida Qurʼoni karimning 77 ta surasining, 350 ta oyatidan foydalangan. Bu esa Moturidiyning aqida masalasida naqlga naqadar eʼtibor qilganini körsatadi. Turk olimi Bakr Töpol uşbu körsatkiçlarni tahlil qilib, hatto Imom Moturidiyning işora qilib ketgan oyatlarini ham keltirgan va bu son yanada yuqori çiqqanini taʼkidlagan.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev  tomonidan buyuk olimga yuksak hurmat ifodasi ölaroq “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi qaror qabul qilingani, albatta, butun dunyo moturidiyşunoslarini çeksiz quvontirdi. Bu esa har bir insonning qalbida faxr va şodlik tuyğusini uyğotmay qolmaydi.

Xulosa örnida aytiş mumkinki, Imom Abu Mansur Moturidiy &ndaş; islom aqidasini himoya qilgan, ahli sunna val-jamoa taʼlimotining ilmiy asoslarini tizimlaştirib, mustahkamlagan buyuk olimdir. U öz asarlari va ilmiy bahslari orqali turli bidʼatçi toifalarning notöğri aqidalarini rad etgan. Imom Moturidiy faqatgina raddiya beruvçi emas, balki aqidaviy masalalarga aql va naql asosida yeçim topa bilgan buyuk şaxsiyat edi.

Ixtiyor Abdurahmonov,

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi.

ÖzA

Новости

Читайте также

Все новости
Новости

Parij Boş masjidiga taşrif

9-oktyabr kuni Din işlari böyiça qömita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Boş masjidiga taşrif buyurib, uning…