Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan "Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nişonlaş töğrisida"gi Prezident qarori juda katta va beqiyos ilmiy meros qoldirib ketgan alloma ajdodimizning taʼlimotiga yana bir karra teran ilmiy nigoh taşlaşga sabab böldi.
Abu Mansur Moturidiy hayoti davomida Samarqanddan çiqmay, şogirdlariga musulmon ilohiyotining sir-asrorlarini, xususan, hanafiy mazhabining asl mazmun-mohiyatini, yaʼni Abu Hanifa aşobi eʼtiqodini puxta mantiqiy asosda örgatdi.
Abu Mansur Moturidiy dastlabki maʼlumotni öz otasi Muhammad ibn Mahmuddan, söngra öşa davrdagi boşlanğiç maktabdan oladi. Keyin u Samarqanddagi "Raboti ğoziyon" masjidi qoşidagi madrasada tahsil olgan. U asosiy ilmini Samarqandda Abu Bakr Ahmad ibn Işoq, Abu Nosir Ahmad ibn Abbos ("Faqih Samarqandiy" nomi bilan maşhur), Nusayr ibn Yahyo Balxiy, Muhammad ibn Muqotil Roziy singari öz davrining peşqadam ulamolaridan olgan va keyinçalik ular bilan bir qatorda turib fiqh va kalomdan dars bergan.
Moturidiy butun kuç-ğayratini hanafiy mazhabining kalomiy taʼlimoti taraqqiyoti yölida sarflagan. Uning taʼlimotida inson yaratilgan mavjudotlar içida eng yuqori tabaqada turuvçi, Yaratguvçining mukarram bandasi sifatida talqin etilgan bölib, insonning aql-idroki imkoniyatlariga alohida urğu berilgan. Taniqli islomşunos olim Ubaydulla Uvatovning taʼrifiga binoan, kalom ilmi "diniy aqidalar va ularning asoslarini aqliy dalillar va isbotlar asosida talqin qilib, ulardagi har qanday şubhali, bir tomonlama qaraşlarga barham beradigan ilm"dir. Şu nuqtai nazardan, Imom Moturidiy ham naqliy, ham aqliy dalillarga tayanib, xolis va mantiqan töğri xulosalar çiqargan. Uning kalomiy yondoşuvi mutakallimlar içida eng "oqilona-sivilizatsion" yondaşuvdir, deb taʼriflangan. Çunki Moturidiy masalaga har taraflama, yetarli asos va dalillar bilan yondaşib, eʼtiqod qiluvçining qalbi va işonçiga töğri yöl topadigan, singadigan fikrlarni ilgari surgan. Ungaça kalomda faqat naqliy dalillarga suyanib xulosa çiqariş rasmi hukm surgan. Bu usul turli ziddiyatlarni bartaraf qilişga töliq yetarli bölmagan.
Ayni borada uning inson mohiyati xususidagi qaraşlari eʼtiborga molik. Moturidiy öz taʼlimotida insonning aqlli mavjudot ekaniga qatʼiy urğu bergan holda, Qurʼoni karimning inson töğrisidagi oyatlariga muvofiq uning faoliyati ilohiy hikmatga doxilligi, çunki qayerda hikmat namoyon bölar ekan, öşa yerda insonning aqli uni anglovçi sifatida zohir bölişini qayd etgan. Bu konsepsiya hozirgi zamon kosmologiyasida ilgari surilgan "antrop tamoyili"ni eslatadi. Unga köra, insonning koinotdagi bugungi örni, dastlabki singulyar holatdan portlaş yöli bilan çiqayotgan paytidagi holati bilan çambarças boğlangandir. Agar u paytda (yaʼni olamning yaratiliş paytida) portlaş jarayoni özgaçaroq bölganida edi, bugungi kunimiz röyobga çiqmas edi. Hammasi, dastlabki portlaş lahzasida hisobga olingan. Koinot şunday vujudga kelganki (yaratilganki), taraqqiyotining muayyan bosqiçida (10&ndaş;15 mlrd. yil ötgaç) koinotni kuzatuvçi, örganuvçi inson yaratilgan. Yaʼni inson şu yaratilgan gözallikdan bahra oluvçi, aql-idrokka, axloqqa ega (yaratilgan) mavjudoddir. Bu mavjudotning missiyasida mazkur olamni asraş vazifasi ham bor, yaʼni inson yaratilgan olam muvozanatini saqlaşga masʼuldir.
Imom Moturidiy konsepsiyasida inson imonga ega bölib turib xatoga yöl qöyişi, osiy bölişi ham mumkin. Lekin bu holatda u dindan çiqmaydi. Uning qilgan gunohini keçiriş yoki keçirmaslik esa Allohning ixtiyorida. Şu sababli, Moturidiy insonlarni aql-idrokka ega bölib turib, yaʼni bilib turib, gunohkor bölmaslikka çaqiradi. Har bir xatti-harakatingiz, taqdiringiz ilohiy kitobda belgilangan, ammo aql-idrokka tayanib, töğri yölni tanlaş sizning ixtiyoringizda, deyilgan bu konsepsiyada.
Xullas, Moturidiy hanafiy mazhabi konsepsiyasiga mos keluvçi faol, aql-idrokli, islom taʼlimoti talablariga böysunuvçi, odob-axloqli, imon-eʼtiqodli, xatolarga ham yöl qöyuvçi, ammo ularni zinhor joiz demaydigan mömin inson konsepsiyasini ilgari surgan.
Bu konsepsiyaning asosiy tamoyillarini olimning «Kitob at-Tavhid» va «Taʼvilot al-Qurʼon» nomli asarlaridan topişingiz mumkin.
Imom Moturidiy hanafiy mazhabi doirasida islomiy mötadillik yönalişini rivojlantirganligi uçun ham dunyo musulmonlarining köpçiligi kalomning moturidiylik maktabiga ergaşişadi. Bu talqin inson erkinligini himoya qiluvçi asosli konsepsiyadir. Moturidiy zamonasida klassik falsafiy mantiqqa oid mulohazalar tanqidiy tahlil qilingan bölib, ilmda mantiqiy amallarga rioya qilişning zarurligi taʼkidlab ketilgan edi. Şu sababli köpçilik olimlar öz ilmiy izlanişlarida mantiqiy amallarga jiddiy eʼtibor qilişgan.
Jumladan, Imom Moturidiy ham öz inson konsepsiyasini asoslaşda mantiqning sillogistik qoidalariga amal qiladi. Uning fikriça, olamda faqat qatʼiy sabab-oqibat ketma-ketligi röy bermasdan, tasodiflar ham bölişini tan oliş kerak. Insonning “tasodiflar tufayli sodir qilgan xatolari taftiş qilinadi, ataylab sodir qilingan xato esa jazoga loyiqdir”. Allomaning keyingi davrlarda ijod qilgan şogirdlari uning mantiqiy salohiyatiga yuksak baho berişgan. Mantiqiy xulosa çiqarişda fikrning töğriligini tasdiqlovçi yetarli darajada asosli dalillar bölsagina xulosaning çinligiga işoniş mumkin, deb hisoblaydi alloma. Bunday mantiqiy xulosa çiqariş qoidasi logika fanida “yetarli asos qonuni”ning G.V.Leybnits (1646-1716) tomonidan asoslab berilişidan qariyb sakkiz asr ilgari Imom Moturidiy tomonidan ham ilgari surilgani hayratlanarli va alohida eʼtiborga loyiqdir. Bu mulohazalar Moturidiyning inson mohiyati haqidagi konsepsiyasi hozirgi zamon ilmiy metodologiyasi asosida yanada çuqurroq örganilişi, tahlil etilişi lozimligini körsatadi. Joriy yilda buyuk alloma Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligi keng nişonlanadi. Şu munosabat bilan Imom Moturidiy merosiga yana bir bor teran ilmiy nazar taşlaş imkoniyati yuzaga keladi.
B.Turayev, falsafa fanlari doktori, professor,
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
