09.01.2022
286

Buyuk Britaniya OAV O‘zbekistonni 2022 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi mamlakatlardan biri sifatida atadi

Yangi yilning birinchi kunida  Buyuk Britaniyaning ommabop «The Independent» onlayn-nashri saytida «2022 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi joylar» sarlavhali  maqola eʼlon qilindi.

Nashr tahririyati ushbu sohaga ixtisoslashgan jurnalistlarning tavsiyalari asosida sayohat qilish uchun eng ommabop 10 ta yo‘nalishni eʼlon qilgan. Ushbu ro‘yxatga Normand orollari, Shimoliy Irlandiya, Kanada, Ispaniya, Italiya, Turkiya, Misr, Butan va O‘zbekiston kiritildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA  muxbiri.

Nashrning sayyohlik bo‘yicha muharriri Helen Koffi ushbu ruyxatdan o‘rin olgan O‘zbekiston haqida to‘xtalar ekan, Ipak yo‘lining madaniy va tarixiy jihatdan qoq markazida joylashgan, boy merosga ega mamlakatga sayohat qilish taassurotlarga boy bo‘lishini taʼkidlagan.

O‘zbekiston bir necha yil avval Buyuk Britaniya fuqarolariga viza talablarini yengillashtirgani, endi ular mamlakatda vizasiz 30 kungacha bo‘lib turishi mumkinligi qayd etilgan.

Muallif O‘zbekistonga safarni rejalashtirayotganda o‘z o‘quvchilariga joriy yil o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro festivallar va boshqa yirik madaniy tadbirlarni o‘z jadvaliga kiritishni maslahat bergan. Uning aytishicha, ushbu madaniy tadbirlar, albatta, sayyohlar orasida katta qiziqish uyg‘otadi.

Helen Koffi  Xivada o‘tkaziladigan “Lazgi” xalqaro raqs festivali, Mo‘ynoqdagi “Stixiya” musiqa festivali, Qo‘qonda uyushtiriladigan lavanda festivali, Samarqandda har ikki yilda bo‘lib o‘tadigan «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali, Toshkent va Buxorodagi «Ipak yo‘li» adabiy festivali, Qo‘qon hunarmandlar xalqaro festivali va Toshkent xalqaro kinofestivalini sanab o‘tgan.

Bundan tashqari, sanʼat va meʼmorchilik ixlosmandlari eʼtibori bu yil ochilishi kutilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi va qayta taʼmirlangan Davlat sanʼat muzeyiga ham qaratilgan.

manba: yuz.uz

Qo‘shimcha malumot

БМТ динлараро бағрикенглик резолюциясини қабул қилди. Ўзбекистон унинг ҳаммуаллифларидан бири бўлди
Резолюцияда Қуръонни таҳқирлаш ҳолатлари, диний камситиш, нафрат ва зўравонлик ҳолатлари кўпайгани қораланди.25 июль куни БМТ Бош Ассамблеяси 77-сессиясининг ялпи мажлисида...
BMT dinlararo bag‘rikenglik rezolyusiyasini qabul qildi. O‘zbekiston uning hammualliflaridan biri bo‘ldi
Rezolyusiyada Qur’onni tahqirlash holatlari, diniy kamsitish, nafrat va zo‘ravonlik holatlari ko‘paygani qoralandi.25 iyul kuni BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasining yalpi majlisida...
O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry