31.07.2023
51

BMT dinlararo bag‘rikenglik rezolyusiyasini qabul qildi. O‘zbekiston uning hammualliflaridan biri bo‘ldi

Rezolyusiyada Qur’onni tahqirlash holatlari, diniy kamsitish, nafrat va zo‘ravonlik holatlari ko‘paygani qoralandi.

25 iyul kuni BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasining yalpi majlisida «Nafrat so‘zlariga qarshi kurashish kontekstida dinlararo va madaniyatlararo muloqot va bag‘rikenglikni qo‘llab-quvvatlash» rezolyusiyasi konsensus asosida qabul qilindi. Rezolyusiya har ikki yilda, an’anaviy ravishda Marokash delegasiyasi tashabbusi bilan qabul qilinadi.

Rezolyusiya 49 ta davlat tomonidan tayyorlandi. Ular orasida O‘zbekiston ham bor.

Shuningdek, rezolyusiyani tayyorlashda Turkiya, Ozarboyjon, Xitoy, Pokiston, Bahrayn, Iordaniya, Iroq, Misr, BAA, Ummon, Saudiya Arabistoni, Qatar va Quvayt, ayrim Afrika davlatlari, Markaziy Osiyoning barcha davlatlari hammuallif sifatida qatnashdi. Gʻarbiy Yevropa davlatlaridan hech biri, shuningdek, Gvatemala va Surinamdan tashqari orollar va Lotin Amerikasi mamlakatlari hammualliflar qatoriga kirmadi.

Rezolyusiyada Qur’onni tahqirlash holatlari, diniy kamsitish, nafrat va zo‘ravonlik holatlari ko‘payganidan xavotir bildirilgan. Ularni amalga oshirgan shaxslar kim bo‘lishidan qat’i nazar, islomofobiyadan motivasiya olgani qayd etilgan.

Rezolyusiyaning asosiy maqsadi va chorlovi – diniy ramzlar, muqaddas kitoblar, uy-joy, korxonalar, mulk, maktablar, madaniyat markazlari yoki ibodat joylariga qarshi qaratilgan zo‘ravonlik harakatlarini, shuningdek, xalqaro huquq me’yorlariga zid ravishda diniy obidalar, diqqatga sazovor joylar va ziyoratgohlarga hujumlarni qoralashdan iborat.

Rezolyusiya bilan har yili fevral oyining birinchi haftasini barcha dinlar, konfessiyalar va konfessiyalar o‘rtasida uyg‘un konfessiyalararo munosabatlar Butunjahon haftaligi deb e’lon qilinishi qo‘llab-quvvatlandi.

Qo‘shimcha malumot

O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...
Al-Azharda Imom Moturidiy merosi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tanlov g‘oliblari taqdirlandi
2023 yil 12 mart kuni Misr Arab Respublikasining al-Azhar anjumanlar saroyida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Moturidiy merosi...
2-mart — Oʻzbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo boʻlgan kun
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1945-yil 24-oktabrda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va yalpi xavfsizlikni mustahkamlash orqali tinchlikni ta’minlash jur’ati bilan chiqqan 51 mamlakat...
Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2023 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry