09.01.2022
308

O'zbekistonning ziyorat maskanlari Turkiya nashri nigohida

Turkiyada chop etiladigan “Yeni Şafak” gazetasida “Siz hayotingizda shunday hordiq chiqarganmisiz?” sarlavhali maqola bosilib chiqdi. Unda O'zbekistonning ziyorat maskanlari, shu jumladan, ziyorat turizmi borasidagi ulkan salohiyati to'g'risidagi ma'lumotlar turkiyalik o'quvchilarning e'tiboriga havola qilingan.

Turkiya teleradiokompaniyasi (TRT) boshlovchisi Serdar Tunjer qalamiga mansub mazkur maqola “Kamida bir haftaga Oʻzbekistonga keling”, degan taklif bilan boshlanadi. “Boring” emas, “keling” deyapman, sababi - bir haftadan beri ota yurtimdaman”, - deb yozadi muallif.

“Dunyo” AA muxbirining qayd etishicha, u oʻlkamiz bagʻridagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qilgani bilan bogʻliq maʼlumotlarni qalamga olar ekan, oʻquvchilarga qarata “qayerda tugʻilib oʻsganingizni bilmaymanku, lekin ulugʻ zotlarga koʻngil qoʻygan kishilardan biri boʻlsangiz, sizni ishontirib aytamanki, qalbingizning vatani Oʻzbekistondir”, - deya xitob qiladi. “Ushbu diyor barakali tuproq, nurli iqlim manbai, asrlar davomida ilm va muhabbat oʻchogʻi boʻlgan zamindir.

Shohi Zinda nomi bilan mashhur Qusam ibn Abbos (r.a.), olti buyuk muhaddisdan Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Dorimiy kabi tabarruk zotlar, aqidamizning yoʻl xaritasini asoslab bergan Imom Moturidiy, buyuk mufassir Imom Nasafiy, “al-Hidoya” asarining muallifi Imom Margʻinoniy, ilm va tasavvuf allomalari Hakim Termiziy, ulugʻ mutasavvif Shayx Digaroniy, “Oltin silsila”ning buyuk soʻfiylaridan biri Abdulholiq Gʻijduvoniy, Hojagon tariqatining asoschisi Orif Revgariy, Mahmud Anjir Fagʻnaviy, Xoja Ali Romitoniy, Muhammad Bobo Samosiy, Sayyid Amir Kulol, buyuk pir Muhammad Bahouddin Naqshbandiy, Xoja Alouddin Attor, Xoja Ubaydulloh Ahror, Muhammad Zohid, Darvesh Muhammad, Xoja Muhammad Imganakiy kabi zotlarning qadamjolari ushbu zamindadir. Qolaversa, ushbu diyor maqolamda ismlarini tilga olinmagan yana koʻplab alloma, orif va valiy zotlarga beshik boʻlgan”, - deb yozadi muallif.

Serdar Tunjer oʻz maqolasi intihosida Oʻzbekiston boʻylab ziyorat nihoyasiga yetgach, odam “charchadim”, deyishga andisha qilishini, jism biroz toliqqan boʻlsa-da, ruh orom topishini, inson qalbi pok, koʻngli qanot yozgan holda ona shahriga qaytishini alohida qayd etadi. “Siz ortingizga qaytganingizda oʻzingizni goʻyo Vataningizdan oʻzga yurtga ketayotgandek his qilasiz”, - deb yozadi u.

manba: yuz.uz

Qo‘shimcha malumot

БМТ динлараро бағрикенглик резолюциясини қабул қилди. Ўзбекистон унинг ҳаммуаллифларидан бири бўлди
Резолюцияда Қуръонни таҳқирлаш ҳолатлари, диний камситиш, нафрат ва зўравонлик ҳолатлари кўпайгани қораланди.25 июль куни БМТ Бош Ассамблеяси 77-сессиясининг ялпи мажлисида...
BMT dinlararo bag‘rikenglik rezolyusiyasini qabul qildi. O‘zbekiston uning hammualliflaridan biri bo‘ldi
Rezolyusiyada Qur’onni tahqirlash holatlari, diniy kamsitish, nafrat va zo‘ravonlik holatlari ko‘paygani qoralandi.25 iyul kuni BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasining yalpi majlisida...
O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry