09.01.2022
324

Ispaniya OAV: Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi — yangi ustuvor yoʻnalishlar

Ispaniyaning yetakchi xalqaro onlayn-nashrlaridan biri — “El Mundo Financiero” sahifasida “Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi — yangi ustuvor yoʻnalishlar” sarlavhali maqola eʼlon qilindi.

Unda Oʻzbekistonda davlat rahbarining “Yangi Oʻzbekistonning 2022–2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni loyihasi umumxalq muhokamasiga qoʻyilgani oʻquvchilar eʼtiboriga havola etilgan.

Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Prezidenti farmoni loyihasida yettita ustuvor yoʻnalish boʻyicha chora-tadbirlar oʻz ifodasini topgan “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash nazarda tutilgan.

“Inson qadri uchun” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan yetti ustuvor yoʻnalish inson shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish orqali insonparvar davlat yaratish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish, adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini mamlakat taraqqiyotining asosiy va zarur shartiga aylantirish, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning oʻsish surʼatlarini zamon talablari darajasida taʼminlash, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish, maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash, tubdan isloh qilish va bu sohani yangi bosqichga koʻtarish, umumbashariy muammolarni milliy manfaatlar asosida hal etish, mamlakat xavfsizligi va mudofaa salohiyatini mustahkamlash, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borish maqsadlarini qamrab olgan”, — deb yozadi ispan nashri.

Nashr Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasida iqtisodiy rivojlanishning keyingi besh yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari belgilab olinayotganini alohida taʼkidlagan, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

Shuningdek, “El Mundo Financiero”da “Strategiya aholi jon boshiga ishlab chiqarishni sifatli va sezilarli darajada oshirish, sanoat ishlab chiqarishini koʻpaytirish va milliardlab investitsiyalarni jalb qilish kabi katta maqsadlarni koʻzda tutgan. Umuman olganda, keyingi besh yil ichida aholi jon boshiga YAIMni 1,6 barobar oshirish vazifasi turibdi”,— deb taʼkidlanadi.

manba:yuz.uz

Qo‘shimcha malumot

БМТ динлараро бағрикенглик резолюциясини қабул қилди. Ўзбекистон унинг ҳаммуаллифларидан бири бўлди
Резолюцияда Қуръонни таҳқирлаш ҳолатлари, диний камситиш, нафрат ва зўравонлик ҳолатлари кўпайгани қораланди.25 июль куни БМТ Бош Ассамблеяси 77-сессиясининг ялпи мажлисида...
BMT dinlararo bag‘rikenglik rezolyusiyasini qabul qildi. O‘zbekiston uning hammualliflaridan biri bo‘ldi
Rezolyusiyada Qur’onni tahqirlash holatlari, diniy kamsitish, nafrat va zo‘ravonlik holatlari ko‘paygani qoralandi.25 iyul kuni BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasining yalpi majlisida...
O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry