20.01.2022
258

Mo‘min Anon

Arab tili va islom ilmlari bo‘yicha tadqiqotchi va boshqa tilda so‘zlashuvchilarga arab tilini o‘rgatish bo‘yicha o‘quv dasturlari tayyorlash bo‘yicha mutaxassis.


Mo‘min Anon Damashq universitetining Shariat fakultetida bakalavr ta’limini tamomlgan. Qur’oni Karim tafsiri va ilmlari bo‘yicha magistr bo‘lgan, hozirda islomshunoslik fanlari doktori hisoblanadi. 


U 1994 yildan buyon arab tilini o‘rgatish va uning o‘quv dasturlarini tayyorlash bilan shug‘ullanib keladi. Shu uzoq yillar davomida u Suriya, Livan, Iordaniya, Misr, BAA va Turkiyada xorijliklarga arab tilini o‘rgatish bo‘yicha bir qancha muvaffaqiyatli markazlar faoliyatiga munosib hissa qo‘shgan. U Buyuk Britaniyada arab tilini chet tili sifatida o‘rgatish bo‘yicha ham katta tajriba orttirgan.


Hozirda Shvesiyadagi “Lison” Arab tili institutining direktori bo‘lgan Mo‘min Anon, Shvesiya Milliy universitetida arab tilidan dars berib kelmoqda.


Kitoblari: “Silsila al-Lisan li ta’lim al-lug‘a al-arabiyya li g‘oyri an-notiqina biha”, “al-Xutva al-ula fi ta’allum al-lug‘a al-arabiyya”, “Dalil al-kafaa’at fi ta’lim al-lug‘a al-arabiyya”, “as-Saqofa val-qiyam al-islamiyya fi ta’lim al-lug‘a al-arabiyya”.

Qo‘shimcha malumot

O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...
Al-Azharda Imom Moturidiy merosi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tanlov g‘oliblari taqdirlandi
2023 yil 12 mart kuni Misr Arab Respublikasining al-Azhar anjumanlar saroyida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Moturidiy merosi...
Shayx Muhammad ad-Duvayniy: “Soʻnggi yillarda Misr va Oʻzbekiston aloqalari tobora rivojlanib bormoqda”
Misr Arab Respublikasida yurtimiz delegatsiyasi vakillari “Al-Azhar” majmuasi rahbarining oʻrinbosari, shayx Muhammad ad-Duvayniy bilan uchrashishdi.Mazkur muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi,...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry