13.03.2023
146

Al-Azharda Imom Moturidiy merosi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tanlov g‘oliblari taqdirlandi

2023 yil 12 mart kuni Misr Arab Respublikasining al-Azhar anjumanlar saroyida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Moturidiy merosi bo‘yicha misrlik tadqiqotchilar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yuksak saviя va ko‘tarinki ruhda tashkil qilingan tadbirda 100 dan ortiq o‘zbekistonlik hamda misrlik olim va mutaxassislar, jamoatchilik vakillari, jumladan, al-Azhar majmuasi rahbarining o‘rinbosari doktor Muhammad Duvayniy, al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiяsi Bosh kotibi doktor Muhammad Nazir Ayяd, tanlovning Hakamlar hay’ati a’zosi doktor Mahmud Husayn, O’zbekistonning Misrdagi elchisi maslahatchisi Muzaffar Jalilov hamda O’zbekiston xalqaro islom akademiяsi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘zga chiqqan al-Azhar majmuasi rahbarining o‘rinbosari doktor Muhammad Duvayniy o‘z so‘zida O’zbekistonning qadimgi tarixi oltin zarvaraqlarga to‘la ekani, bugungi kunda O’zbekistonning Prezidenti tomonidan ushbu merosni tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlardan oldinda bu юrtni яnada porloq kelajak kutayotgani haqida xulosa qilish mumkin deя ta’kidladi.

Hakamlar hay’ati a’zosi, al-Azhar universiteti professori, doktor Mahmud Husayn tanlovda g‘olib deb topilgan sovrindorlarni qutlar ekan, ushbu tanlov butun musulmon olamida ulkan voqelik bo‘lgani, Misr va O’zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini яnada rivojlantirishga xizmat qilishini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, tanlov o‘z umrini islomni yot g‘oяlardan himoя qilishga bag‘ishlagan buюk alloma va uning ta’limotini keng jamoatchilikka yetkazishda muhim ahamiяt kasb etganiga alohida e’tibor qaratildi.

O’zbekiston Respublikasining Misrdagi elchixonasi mas’ul vakili Muzaffar Jalilov ham tanlovning ahamiяtiga to‘xtalib, bu Imom Moturidiyning butun dunyo musulmonlari xizmati yo‘lida amalga oshirgan mehnati va sa’y-harakatlarini jamoatchilikka targ‘ib qilish uchun ajoyib imkoniяt bo‘lganini ta’kidladi. Shuningdek, u Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limotiga katta qiziqish bildirib, mazkur tanlovni tashkil qilishga bosh-qosh bo‘lgan al-Azhar majmuasi rahbari Shayx doktor Ahmad Toyyibga chuqur minnatdorchilik izhor qildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot  markazi direktori doktor Jamoliddin Karimov Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limotini o‘rganish юzasidan amalga oshirayotgan ulkan xizmatlari uchun Shayx doktor Ahmad Toyyibga minnatdorchilik bildirdi. Markaz rahbari o‘z nutqida al-Azhar universiteti mo‘‘tadillik va vasatiylik asosida ming yildan ortiq vaqt davomida olimlarni yetishtirib berayotgan ulkan ilmiy muassasa ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Zero, bugungi mafkuraviy ziddiяtlar avj olgan bir davrda islom dinining mo‘‘tadillik va vasatiylikka asoslangan asl mohiяtini ochib berish hamda uni keng targ‘ib qilish musulmonlar jipsligi va taraqqiyotiga xizmat qilishi muqarrardir.

Ta’kidlash o‘rinliki, mazkur tanlov Imom Moturidiy va uning izdoshlari ilmiy merosi, jumladan, moturidiylik aqidaviy maktabining shakllanish va rivojlanish tarixi, jahon kutubxonalarida saqlanayotgan qo‘lyozma manbalarini ilmiy asosda o‘rganishni яnada jadallashtirish, ta’limotda yoritilgan umuminsoniy qadriяtlar hamda bag‘rikenglik tamoyillarini keng targ‘ib qilish, islom niqobi ostida faoliяt olib borayotgan buzg‘unchi oqimlar g‘oяlarining asossiz ekanligini ochib berish maqsadida tashkillashtirildi.

Marosimda tanlov g‘oliblari va barcha ishtirokchilarga qimmatbaho sovg‘alar hamda maxsus diplom taqdim etildi. Birinchi uchta o‘rinni egallagan g‘oliblarning O’zbekistonga 10 kunlik safari tashkil etilishi e’lon qilindi.

Mazkur tadbir Misrning nufuzli ommaviy axborot vositalarida, xususan, al-Azhar majmuasi nashrlarida keng yoritildi. Bu kabi tadbirlarni tashkil etish Misr va O’zbekiston do‘stligining яnada rivojlanishiga, ta’lim, fan va madaniяt sohalarida hamkorlik aloqalarini яngi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishi ta’kidlandi. 

Xulosa o‘rni shuni aytish mumkinki, bu kabi xalqaro ko‘lamda tashkil qilingan tadbirlar O’zbekiston diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni jahon hamjamiяtiga keng targ‘ib qilishga, юrtimizning xalqaro miqyosdagi nufuzini яnada юksaltirishda muhim ahamiяt kasb etadi.             

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi

 Matbuot xizmati 

Qo‘shimcha malumot

O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...
Shayx Muhammad ad-Duvayniy: “Soʻnggi yillarda Misr va Oʻzbekiston aloqalari tobora rivojlanib bormoqda”
Misr Arab Respublikasida yurtimiz delegatsiyasi vakillari “Al-Azhar” majmuasi rahbarining oʻrinbosari, shayx Muhammad ad-Duvayniy bilan uchrashishdi.Mazkur muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi,...
MARKAZ DIREKTORI "ABU DABI TINCHLIK FORUMI"DA ISHTIROK ETMOQDA
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov Birlashgan Arab Amirliklari poytaxtida bo‘lib o‘tgan “Abu Dabi Tinchlik forumi”ning to‘qqizinchi majlisida...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry