22.02.2023
118

Shayx Muhammad ad-Duvayniy: “Soʻnggi yillarda Misr va Oʻzbekiston aloqalari tobora rivojlanib bormoqda”

Misr Arab Respublikasida yurtimiz delegatsiyasi vakillari “Al-Azhar” majmuasi rahbarining oʻrinbosari, shayx Muhammad ad-Duvayniy bilan uchrashishdi.

Mazkur muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiq Toshboyev, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov va boshqa masʼullar ishtirok etdi.

Samimiy suhbat avvalida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Misr Arab Respublikasiga qilgan rasmiy tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarning yangi davrini boshlab berishi shubhasizligi taʼkidlandi.

Shundan so‘ng soha masʼullari tomonidan yurtimizda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar, ajdodlar va dunyo olimlarining boy ilmiy merosini oʻrganish boʻyicha olib borilayotgan sermahsul faoliyat, bu borada, xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlarining oʻrni va ahamiyati va boshqa bir qator muhim sohaviy yangiliklar haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Oʻz navbatida, Al-Azhar universiteti butun dunyoda islom asoslarini puxta oʻzlashtirgan, zamonaviy bilimlarga ega yetuk kadrlarni yetishtirib beruvchi taʼlim muassasasi sifatida shuhrat qozongani, musulmon ummatiga islomning asl insonparvar gʻoyalarini tushuntirish, jaholat bilan maʼrifat oʻrtasidagi farqni ochib berishga ehtiyoj kuchaygan bugungi kunda mazkur taʼlim dargohining ahamiyati yuqori ekani alohida taʼkidlandi.

Tomonlar oʻzaro muloqotda, bugungi kunda inson ongi va dunyoqarashi uchun gʻoyaviy kurash kechayotgani, bu jarayonda, dunyoqarashi toʻliq shakllanmagan baʼzi yoshlarning soxta diniy shiorlar taʼsirida buzgʻunchi oqimlar taʼsiriga tushib qolayotgani dunyo jamoatchiligini tashvish va xavotirga solayotgani aytildi. Bu borada tizimli ishlarni amalga oshirish zarurligi taʼkidlandi.

Qo‘shimcha malumot

O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...
Al-Azharda Imom Moturidiy merosi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tanlov g‘oliblari taqdirlandi
2023 yil 12 mart kuni Misr Arab Respublikasining al-Azhar anjumanlar saroyida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Moturidiy merosi...
MARKAZ DIREKTORI "ABU DABI TINCHLIK FORUMI"DA ISHTIROK ETMOQDA
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov Birlashgan Arab Amirliklari poytaxtida bo‘lib o‘tgan “Abu Dabi Tinchlik forumi”ning to‘qqizinchi majlisida...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry