
MARKAZ DIREKTORI "ABU DABI TINCHLIK FORUMI"DA ISHTIROK ETMOQDA
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov Birlashgan Arab Amirliklari poytaxtida bo‘lib o‘tgan “Abu Dabi Tinchlik forumi”ning to‘qqizinchi majlisida ishtirok etda.

Bu yilgi forum 8-10 noyabr kunlariga belgilangan bo‘lib, “Global nizolar va umumbashariy tinchlik: talablar va hamkorlik” nomi ostida o‘tkazilmoqda. Forumda tinchlikni targ‘ib qilish bo‘yicha 30 dan ortiq xalqaro tashkilot, shuningdek, 60 dan ziyod mamlakatdan 500 ga yaqin diniy yetakchilar, ziyolilar hamda mutaxassislar qatnashdi.

Jumladan, ishtirokchilar orasida Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti (ICESCO), Islom olami uyushmasi, Islom fiqhi akademiyasi, Birlashgan Arab Amirliklari Shariat fatvosi bo‘yicha Kengashi, Misr Arab Respublikasi Strategik tadqiqotlar markazi, Buyuk Britaniyadagi Faradey instituti, Amerika Qo‘shma Shtatlari Diniy va an’anaviy tinchlikparvarlar tarmog‘i markazi, Birlashgan Arab Amirliklaridagi Muhammad ibn Zayd universiteti, Nigeriya Da’vat instituti kabi tashkilotlarning vakillari ishtirok etdi.

Har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Abu Dabi Tinchlk forumi” Birlashgan Arab Amirliklarining global tinchlik, barqarorlik va farovonlikni ta’minlash yo‘lida o‘zaro muloqot va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan siyosatining bir qismi hisoblanadi. Bu yilgi forum yig‘ilishida asosan inqiroz sharoitida global tinchlikni ta’minlash muammolari, barqarorlikni mustahkamlashda yoshlar va ayollarning o‘rni, nizolar global tus olayotgan sharoitda umumbashariy tinchlikning ahamiyati hamda tinchlik jarayonida diniy yetakchilarning o‘rni kabi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
matbuot xizmati
Qo‘shimcha malumot



Izohlar