28.12.2021
322

Masjidul haromga ko‘zi ojizlar uchun elektron Qur’on olib kelindi

Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi musulmonlarga yordam berish maqsadida Masjidul haromga elektron Qur’on keltirildi, deya xabar bermoqda ArabNews.

Haramain deb ataluvchi elektron Qur’onda ilg‘or Brayl texnologiyasidan foydalangan. Uning uzunligi qariyb olti va kengligi to‘rt dyuym bo‘lib, yuqori sifatli Brayl yacheykalari yordamida sahifadan sahifaga muammosiz o‘tish imkonini beradi.

“Ko‘zi ojizlar uchun mo‘ljallangan 100 ta Brayl alifbosidagi elektron qurilmalar uchun maxsus javonlar tayyorlanmoqda”, – dedi Ikki muqaddas masjid ishlari bo‘yicha bosh boshqarma vakili G‘ozi al-Tubyoniy.

Yangi qurilmalardan tashqari Masjidul haromda Qur’onning Brayl alifbosidagi qog‘oz nusxalari ham taqdim etilgan.

“Har bir Mushaf olti jilddan iborat. Shuningdek, bizda ko‘zi ojiz bolalar uchun islom asoslarini o‘rganishga yordam beradigan Brayl alifbosidagi bukletlar ham bor”, – dedi G‘ozi al-Tubyoniy.

 

 

 

 

Manba:muslim.uz

 

Qo‘shimcha malumot

БМТ динлараро бағрикенглик резолюциясини қабул қилди. Ўзбекистон унинг ҳаммуаллифларидан бири бўлди
Резолюцияда Қуръонни таҳқирлаш ҳолатлари, диний камситиш, нафрат ва зўравонлик ҳолатлари кўпайгани қораланди.25 июль куни БМТ Бош Ассамблеяси 77-сессиясининг ялпи мажлисида...
BMT dinlararo bag‘rikenglik rezolyusiyasini qabul qildi. O‘zbekiston uning hammualliflaridan biri bo‘ldi
Rezolyusiyada Qur’onni tahqirlash holatlari, diniy kamsitish, nafrat va zo‘ravonlik holatlari ko‘paygani qoralandi.25 iyul kuni BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasining yalpi majlisida...
O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry