24.12.2021
315

«CNN»: Toshkentda masjid va madrasalar ham ko‘p

AQSHning «CNN» axborot xizmati veb-saytida joriy yil noyabr-dekabr oylarida «The Generation Next» teleloyihasini suratga olish ishlarini o‘tkazish uchun O‘zbekistonda bo‘lgan telekompaniya katta prodyuseri Tom Bushye-Xeysning maqolasi e’lon qilindi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

Maqolada O‘zbekiston so‘nggi yillarda iqtisodiy o‘sishni boshdan kechirayotgani, o‘z iqtisodiyotini diversifikasiya qilayotgani va Toshkent Gʻarbdan kelgan sayyohlar uchun tez orada yana bir mashhur maskanga aylanishi mumkinligi ta’kidlangan.

“O‘zbekistonga tashrif buyuruvchilarning aksariyati, odatda, Toshkentga e’tibor bermasdan, Xitoy va Hindistondan O‘rta yer dengizigacha cho‘zilgan qadimiy savdo yo‘li – Ipak yo‘lining bir qismi bo‘lgan mashhur Samarqand va Buxoro kabi qadimiy shaharlarga sayohat qilishga oshiqadi. Biroq O‘zbekiston poytaxti o‘sishda davom etar ekan, u xorijiy sayyohlar uchun muhim manzilga aylanib bormoqda”, - deb yozadi muallif.

U kengayib borayotgan poytaxt ko‘chalarining ozodaligi, an’anaviy va zamonaviy me’morchilikning uyg‘unligi hamda Toshkent metrosining betakror go‘zalligini alohida qayd etgan.

“Metro bekatlari shaharning kutilmagan, ammo sayyohlar uchun betakror go‘zal diqqatga sazovor joylaridir, - deyiladi maqolada. – Butun dunyoda yer osti transporti bekatlari, birinchi navbatda, yo‘lovchi tashiladigan joy bo‘lib, ular kamdan-kam hollarda bezatiladi. Markaziy Osiyodagi ilk yer osti bekatlari Toshkentda qurilgan. O‘zbekiston poytaxtining metro bekatlari 1970 yillar oxirida foydalanishga topshirilgan. Toshkent metro bekatlari xuddi san’at galereyalariga o‘xshaydi. Badiiy asarlar, freskalar va mozaikalar mamlakat madaniyati va uning mashhur ajdodlarini ulug‘laydi”.

Bosh taomi palov bo‘lgan o‘zbek milliy oshxonasi xilma-xilligi va o‘ziga xosligi bilan amerikalik jurnalistda katta taassurot qoldirdi. Muallif ushbu taomni poytaxt Osh markazida tatib ko‘rgach, maqolada bu haqda alohida to‘xtalgan.

Toshkent bozorlarning to‘kin-sochinligi, ayniqsa, “Chorsu” bozori tarixiyligi bilan ham boshqa bozorlardan ajralib turishi muallif e’tiborini o‘ziga tortgan.
“Yangi savdo markazlari va osmono‘par binolar orasida bir vaqtlar shahar qay ko‘rinishda bo‘lganiga eslatmalar bor, - deb yozadi u. – Shaharda masjid va madrasalar ham ko‘p. Hazrati Imom majmuasida Qur’oni karimning eng qadimiy nusxasi – Hazrati Usmon Mushafi saqlanmoqda. O‘zbekiston dunyoviy davlat bo‘lsa-da, mamlakat aholisining 80 foizga yaqini islom diniga e’tiqod qiladi”.

Maqola yakunida Tom Bushye-Xeys xorijlik sayohatchilarning mutlaqo yangi guruhi uchun an’anaviy va zamonaviy uyg‘unlik Toshkentni tez orada serqatnov sayyohlik maskaniga aylantirishi mumkinligini ta’kidlagan.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Qo‘shimcha malumot

БМТ динлараро бағрикенглик резолюциясини қабул қилди. Ўзбекистон унинг ҳаммуаллифларидан бири бўлди
Резолюцияда Қуръонни таҳқирлаш ҳолатлари, диний камситиш, нафрат ва зўравонлик ҳолатлари кўпайгани қораланди.25 июль куни БМТ Бош Ассамблеяси 77-сессиясининг ялпи мажлисида...
BMT dinlararo bag‘rikenglik rezolyusiyasini qabul qildi. O‘zbekiston uning hammualliflaridan biri bo‘ldi
Rezolyusiyada Qur’onni tahqirlash holatlari, diniy kamsitish, nafrat va zo‘ravonlik holatlari ko‘paygani qoralandi.25 iyul kuni BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasining yalpi majlisida...
O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry