09.12.2021
389

2022 yildagi Islom olami yoshlar poytaxti — Qozon shahri

Tatariston Respublikasi poytaxti Qozon shahri 2022 yil uchun islom olamining yoshlar poytaxti maqomini olishga erishdi. Qozon shahri Fes (Marokash), Istanbul (Turkiya) va Doxa (Qatar) shaharlari ustidan g‘alaba qozondi. O’tgan yillar davomida Istanbul va Doxa shaharlari allaqachon Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) davlatlarining yoshlar poytaxti unvonini olishga muvaffaq bo‘lgan edi.

- Rossiya Islom hamkorlik tashkiloti a’zosi sanalmaydi, lekin shunday bo‘lsada uning tarkibidagi Qozon islomda ming yillik an’analarga ega bo‘lgan shahar, bu yerda Rossiya xalqlari tinch va totuvlikda yashaydi, ushbu shaharda sizda o‘rganadigan narsa mavjud bo‘lib, Qozon shahri rivojlanishi dinamikasi, bu bizning tanlovimizni oldindan belgilab berdi, – deydi IHT Yoshlar forumi rahbari Toha Ayxan. — Bundan tashqari, Qozon sivilizatsiya beshigi bo‘lib, u yerda ko‘plab konfessiya va millatlar o‘zaro bog‘langan, tinchlik timsoli. Shuning uchun ham Tatariston poytaxti Islom olamining yoshlar poytaxti maqomini olishga erishdi.

Toho Ayxan ta’kidlaganidek, IHTning yoshlar poytaxti maqomi Qozonga turli darajadagi – musiqiy, folklor, ilmiy-texnikaviy, konfessiyalararo, adabiy, turistik xalqaro yoshlar forumlarini o‘tkazish huquqini beradi. Oldindan rejalashtirilgan tadbirlar orasida Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Yoshlar global sammiti, sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy konferensiya, IHT mamlakatlari yosh diplomatlari forumi, Qozon sammitining yoshlar bo‘limi (Rossiya — Islom olamining bir qismi - RG sammiti), shuningdek, Qozon yoshlar seksiyasi Xalqaro islom filmlari festivali o‘tkazilishi shular jumlasidandir.

“Qozon shahrining islom olamining yoshlar poytaxti sifatida rasman tan olinishi IHT uchun 20 milliondan ortiq musulmonlar istiqomat qilayotgan Rossiyaning roli muhimligidan dalolat beradi”, - dedi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Yosh diplomatlar kengashi raisi Konstantin Kolpakov. — Zero, IHT bilan munosabatlarimiz oltinchi yildirki izchil rivojlanib bormoqda. Biz, masalan, Qozon, Moskva va Sochi ob’ektlarida turli davlatlarning yosh diplomatlarini to‘playotganimiz ham o‘zaro hamkorlik va o‘zaro ta’sir kuchayib borayotganini anglatadi.

“Rossiyskaya gazeta”ning yozishicha, Qozon 2022 yil fevral oyida IHT Global yoshlar sammitini o‘tkazishga mezbonlik qiladi.

Manba: muslim.uz

Qo‘shimcha malumot

БМТ динлараро бағрикенглик резолюциясини қабул қилди. Ўзбекистон унинг ҳаммуаллифларидан бири бўлди
Резолюцияда Қуръонни таҳқирлаш ҳолатлари, диний камситиш, нафрат ва зўравонлик ҳолатлари кўпайгани қораланди.25 июль куни БМТ Бош Ассамблеяси 77-сессиясининг ялпи мажлисида...
BMT dinlararo bag‘rikenglik rezolyusiyasini qabul qildi. O‘zbekiston uning hammualliflaridan biri bo‘ldi
Rezolyusiyada Qur’onni tahqirlash holatlari, diniy kamsitish, nafrat va zo‘ravonlik holatlari ko‘paygani qoralandi.25 iyul kuni BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasining yalpi majlisida...
O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...

Izoh qoldirish

Izohlar

18.06.2022 14:01
Rossiya Federatsiyasi Tatariston respublikasi Qozon shahri islom unversitetiga hujjat topshirish uchun nimalar kerak bo'ladi
Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry