06.12.2021
250

Moturidiylikda amallarni aql bilan o‘lchash

"Do‘zax egalari va jannat egalari teng bo‘lmaslar. Jannat egalari, o‘shalar yutuqqa erishuvchilardir".

Hashr surasi, 20-oyat

“Do‘zax egalari va jannat egalari teng bo‘lmaslar” oyati ikki xil ma’noni ehtimol qiladi.

Birinchisi, ular dunyoda barobar bo‘lmaydilar. Ikkinchisi, yoki oxiratda ham barobar bo‘lmaslar. Agar birinchisiga ko‘ra bo‘lsa, oyatning ma’nosi “Dunyoda jannat ahli bilan do‘zax ahlining amali aqlan barobar bo‘lmaydi”. Chunki do‘zax ahli aqllar qabih sanaydigan amallarni qiladilar.

Jannat ahli esa aqllar go‘zal hisoblaydigan va jannatga chaqiradigan amallarni qiladilar. Chunki jannat ahlining amali dalil-hujjatlar bilan namoyon bo‘ladi, ammo do‘zax ahlining amali uchun hech qanday dalil mavjud emas.

Dalil-hujjatlar bilan amalga oshirilgan ishlar aqllarda dalilsiz bajarilgan ishlarga qaraganda go‘zalroqdir. Bandani savobga haqli etadigan har qanday amal aqlan go‘zal hisoblanadi. Bandani azobga giriftor etadigan har qanday amal aqllarda qabih sanalgandir. Demak, jannat ahli bilan do‘zax ahli barobar emas.

Ammo ikkinchi ma’no (oxiratda barobar bo‘lmasliklari)ga ko‘ra, do‘zax ahlining jazosi bilan jannat ahlining jazosi barobar bo‘lmaydi. Chunki jannatda doimiy ne’matlar, do‘zaxda esa qiyinchilik va doimiy azob bor.

Demak, jannat ahli bilan do‘zax ahli barobar emas. Alloh taolo bu narsalarni insonlar g‘aflatdan qaytib, Uning roziligi uchun amal qilsinlar, yaxshi ishlari bilan oxiratda savob (mukofot)ga sazovor bo‘lsinlar, deb ularga eslatib qo‘ymoqda.

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry