03.12.2021
301

TASHRIF

Turkiyaning nufuzli oliygohlaridan biri Kutahya Dumlupinar universiteti rektori professor Kozim Uysal  va Kutahya Dumlupinar universiteti tarkibidagi Bakalavriatdan keyingi ta’lim instituti direktori professor Shohmurod Arik  O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida martabali mehmonlar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati hamda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari bilan uchrashdilar.

 

Uchrashuvda Kutahya Dumlupinar universiteti va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish hamda o‘zaro aloqalarga doir kelgusidagi istiqbolli reja va loyihalar muhokama qilindi.

Tashrif davomida professor Kozim Uysal  va  Shohmurod Arik  O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, martabali mehmonlar  O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Manbalar hazinasida ham bo‘lib, qadimiy qo‘lyozma manbalar bilan tanishdilar.

Kutahya Dumlupinar universiteti rektori professor Kozim Uysal hamda  Professor Shohmurod Arik  janoblarining mamlakatimiz bo‘ylab tashrifi davom etmoqda.

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry