01.12.2021
366

Vashingtonda o‘zbek olimlarining buyuk merosi haqidagi ingliz tilidagi ilk katta tadqiqot taqdim etildi

Amerika Qo‘shma Shtatlarida O‘zbekistonning tarixiy va madaniy merosini ommalashtirish maqsadida mamlakatimiz elchixonasi tomonidan 1747-1917 yillarda Buxoro madrasasida tahsil olgan o‘rta osiyolik ulamolarning merosi haqidagi ingliz tilidagi birinchi katta tadqiqot bo‘lgan "Islom polimatlari: Markaziy Osiyodagi bilimlarning kuchi va tarmoqlari" » («Polymaths of Islam: Power and Networks of Knowledge in Central Asia») kitobining taqdimoti tashkil etildi, xabar berdi «Dunyo» AA.

Tadbirda islom sivilizasiyasi va Markaziy Osiyo bo‘yicha tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi AQSH yetakchi olim va mutaxassislari ishtirok etdi.

Elchi Javlon Vaxabov taqdimotni ochib, mamlakatimizda O‘zbekistonning ko‘p ming yilliklarga oid qadimiy va boy tarixini o‘rganish, shuningdek, jahon sivilizasiyasi rivojida olim va ilohiyotchilarimizning ulkan ilmiy, madaniy va ma’naviy merosini asrab-avaylash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida gapirdi.

O‘z navbatida, kitob muallifi, Pittsburg universiteti professori Jeyms Pikett "shaharning keng ta’lim tizimi tomonidan taqdim etilgan alohida intellektual qobiliyat Buxoroning o‘z siyosiy chegaralaridan tashqariga cho‘zilgan mintaqalararo ta’lim tarmog‘ining markazi sifatida xizmat qilish imkonini berdi", - ta’kidladi muallif.

Unga ko‘ra, "Buxoro, Farg‘ona, Xiva va Samarqand shaharlari doimo Osiyoning eng yirik ilmiy markazlari bo‘lib kelgan va bu shaharlarda tibbiyot, huquq, riyoziyot va islom sohasidagi eng buyuk siymolar paydo bo‘lgan."Kitob muallifi ta’kidlaganidek,"Buxoro butun mintaqaning madaniyat va ma’rifat markazi hisoblanib, unda har yili Markaziy Osiyo, Rossiya, Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakatlarning yuzlab vakillari o‘sha davrdagi eng ilg‘or ta’limni olish uchun kelgan 230 ta madrasa joylashgan".

Jeyms Pikettga ko‘ra, Gʻarb akademik doiralarining ko‘plab vakillari madrasa bitiruvchilari va ulamolarini faqat diniy tinglovchilar yoki tor ixtisosdagi kishilar sifatida ifodalashda adashadilar. Amerikalik professor ta’kidlaganidek, asrlar davomida Buxoro Hindistondan Turkiyagacha bo‘lgan bo‘lajak davlat arboblari tahsil olgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash markaziga aylana oldi.

Kitob muallifi madrasa tinglovchilarining aksariyati bitirganlaridayoq turli kasb-hunarlar bo‘yicha o‘z mansab yo‘llarini davom ettirganliklari auditoriya e’tiborini tortdi. Masalan, olimlarning 40% ga yaqini sud’yalar, huquqiy xulosa tuzuvchilar, madrasa instruktorlari yoki syenzorlari bo‘lib xizmat qilgan bir paytda faqat bitiruvchilarning 3 dan 10% i shayxlik rolini bajargan.

Pittsburg universiteti professorining so‘zlariga ko‘ra, Buxoro islom ulamolari yuqori saviyadagi ma’lumoti tufayli jamiyatdagi eng nufuzli kishilar qatoriga kirganlar. Turkiston harbiy elitasi ham davlatni boshqarish uchun shu olimlarga tayanardi.

Shu bilan birga, Jeyms Pikett qo‘shimcha qilganidek, ulaming bilimga asoslangan mustaqil kuch manbai bo‘lib, bu ikki elita guruhi o‘rtasida keskinlikni yuzaga keltirdi. "Buxoro ularning ta’lim-tarbiya bazasi bo‘lib xizmat qilgan va shu xalq shaharni turkiy-forsiy-islomiy yuksak madaniyatning madaniy va diniy episentri haqidagi mifologiyaga aylantirgan", - deb ta’kidlaydi muallif.Olimning fikricha, hozirgi O‘zbekiston hududida xalq ta’limi doimo jahon sivilizasiyasida o‘ziga xos tarixiy rol o‘ynagan. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan bugungi kunda mamlakatda ajdodlarning qo‘shgan hissasi haqida bilim berish va o‘rganish uchun mavjud yangi ilmiy-tadqiqot institutlarini kengaytirish va tashkil etishga qaratilayotgan e’tibor O‘zbekistonning uchinchi uyg‘onish davri yo‘lidagi eng samarali vositadir, - deya ta’kidladi amerikalik professor.Diplomatik missiyamiz xabariga ko‘ra, Jeyms Pikett O‘zbekistonda tadqiqot loyihalari ustida ishlashni davom ettirish niyatida, natijada amerikalik professor XIX i asr oxiri va XX asr boshlarida Buxoro amirligining ma’muriy va klerikal madaniyati haqida alohida kitob yozishni rejalashtirmoqda.
Olimning fikricha, O‘zbekiston o‘sha davr manzarasini qayta yaratishga va kitobxonlarni o‘sha davr muhitiga singdirishga qodir bo‘lgan noyob arxivlarni saqlab qola olgan. Hatto Hindiston, Turkiya va Eron kabi yirik davlatlar ham Buxoro amirligida bo‘lgani kabi davlatning kundalik hukmronligi bilan bog‘liq bunday yaxshi saqlanib qolgan arxivlarga ega emas, - deya qo‘shimcha qildi amerikalik ekspert.

Uning fikricha, mamlakat hukumatining barcha sohalarda ochiqlik siyosati O‘zbekistonga kelib, mahalliy olimlar bilan birgalikda chuqur tadqiqotlar olib borishga tayyor bo‘lgan jahon ilmiy jamoatchiligi uchun magnitdir. "Qimmatli arxiv materiallariga kirishni ta’minlash, tarixiy merosni chuqur o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash, mahalliy institutlarning infratuzilmasini takomillashtirish, xorijiy olimlar bilan yaqin hamkorlik mamlakatning boy tarixini global sahnada aniq ko‘rsatishga imkon beradi", dedi Pittsburg universiteti vakili.

Eslatib o‘tamiz, Jeyms Pikett Pittsburg universitetining Yevrosiyo tarixi professori, Islom tarixiga ixtisoslashgan, Prinston universiteti bitiruvchisi, 2011-2012 yillarda O‘zbekistonda tadqiqot olib borgan. U yetakchi tarixiy jurnallarda, shu jumladan, «American Historical Review» va «International Journal of Middle East Studies» da ko‘plab ilmiy maqolalar chop etdi.

Shuningdek, u qator xalqaro konferensiyalar, jumladan, Sharqning iqtisodiy va ijtimoiy tarixi jurnali nashr etilishi natijasida "Hujjatchilikning islom madaniyati" simpoziumi tashkilotchisi hisoblanadi. Jeyms Pikett xalqaro loyihalar doirasida o‘zbekistonlik yosh olimlar bilan ham faol hamkorlik qiladi.

manba:muslim.uz

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry