01.12.2021
297

XUSHXABAR

 

O’zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistoniga “Haj” va “Umra” safarlarini hal etish uchun jo‘nab ketdi

🔸 2021 yil 1 dekabr kuni erta tongda O’zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev boshchiligidagi O’zbekiston delegatsiyasi a’zolari Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi.

Ma’lumki, o‘tgan ikki yil davomida pandemiya tufayli butun dunyo mo‘min-musulmonlari “Haj” va “Umra” amallarini ado etish baxtidan bebahra bo‘ldilar.

Allohga shukrki, so‘nggi vaqtlarda Saudiya Arabistoni va yurtimizda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanayotgani, kunlik kasallanish darajasi kamayayotgani, vaksina olgan aholi miqdori oshib borayotgani va cheklovlar yumshatilayotgani O’zbekiston xalqini cheksiz quvontirmoqda.

Ayni kunlarda yurtimiz mo‘min-musulmonlari katta intiqlik bilan umra mavsumining boshlanishini kutishmoqda. Umid qilamizki, tez orada mavjud ehtiyot choralari ham yumshab, yurtimiz musulmonlari yana emin-erkin umra ibodatlarini ado etish saodatiga erishadilar, insha Alloh.

🤲 Haq taolo ushbu safarni xayrli qilsin, mana shunday sharafli va mas’uliyatli vazifada O’zbekiston delegatsiyasiga kuch-quvvat va muvaffaqiyatlar ato etsin.

Manba: O’zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry