29.11.2021
269

Prezident maslahatchisi Jidda shahridagi sammitda ishtirok etdi

 

24-25 noyabr kunlari Saudiya Arabistonining Jidda shahrida “Rossiya – Islom olami” strategik qarashlar guruhi (SQG) ning ikkinchi yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
“Muloqot va hamkorlik ufqlari” shiori ostida bo‘lib o‘tgan sammit ishida Prezident maslahatchisi, O’zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Sh.Minovarov ishtirok etdi hamda ma’ruza qildi.

Sh.Minovarov sammit tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirgan holda so‘nggi yillarda O’zbekistonda davlat rahbari boshchiligida diniy – ma’rifiy sohada olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, buyuk ajdodlarmiz merosini tadqiq qilish maqsadida ilmiy-tadqiqot markazlari va o‘quv yurtlarining tashkil etilganligi, ma’rifiy islom mohiyatini yanada chuqurroq anglashga qaratilgan ijobiy say’ – harakatlar haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, markaz rahbari O’zbekiston ushbu yo‘nalishda barcha xalqaro turdosh tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga doimo tayyor ekanligini bildirdi.

Ma’lumot o‘rnida: “Rossiya – Islom olami” strategik qarashlar guruhi 2006 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda unga 28 ta musulmon davlatlaridan 60 ga yaqin jamoat va hukumat faollari a’zo hisoblanadi. Hozirda mazkur guruhga Tatariston prezidenti Rustam Minnixonov boshchilik qilmoqda.

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry