26.11.2021
253

Muftiy Nuriddin domla hazratlari yuksak medal bilan taqdirlandilar

2021 yil 25 noyabr kuni Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada O’zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov hazratlari Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi tomonidan ta’sis etilgan yuksak medal bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.

Ta’kidlash joizki, “Mustaqil Qozog‘iston va Islom qadriyatlari” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yuksak saviyada tashkil etilgani, 200 dan ziyod ishtirokchi qatnashgani, ZOOM platformasi orqali yuzlab xorijiy va mahalliy mutaxassislar kuzatib borgani, martabali din va davlat arboblari, professor va akademiklar arab, rus, turk va qardosh tillarda ma’ruzalar qilganlari hamda anjuman jarayonlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri butun dunyoga onlayn namoyish etilgani bilan yana ahamiyatli bo‘ldi.

Xalqaro konferensiyada bugungi murakkab davrda din peshvolarining hamjihatlikda faoliyat yuritishi muhimligi, shuningdek, global zamonda ulamolarning o‘zaro hamkorligi muammolarni yechishda katta omil ekani baralla aytilgani bilan uning nufuzi yanada oshdi.

Notiqlar tomonidan so‘nggi yillarda O’zbekiston zaminida Islom dini ma’rifatini keng yoyish, mo‘min-musulmonlar ehtiyojini ta’minlash, masjid-madrasalarni obod etish va ulug‘ allomalar merosiga ehtirom ko‘rsatish yo‘lida olib borilayotgan ishlar yuqori baholandi.

Konferensiyada mana shunday ishlarning munosib e’tirofi sifatida ham muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov hazratlari Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi buyrug‘i asosida yuksak medal bilan taqdirlandilar.

Alloh taolo Muftiy hazratlariga ushbu medalni muborak aylasin.

O’zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry