25.11.2021
347

#TAQDIMOT

Ayni damda Buxoro viloyatidagi “Mir arab” oliy madrasasida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr qilingan “Kitoblar” taqdimoti tadbiri   o‘tkazilmoqda.
 

Taqdimotda buyuk allomalarimizning ilmiy merosini keng jamoatchilikka yetkazish yuzasidan  bugungi kunga qadar Markaz tomonidan nashr etilgan 30 dan ziyod kitob, jumladan, Imom Moturidiyning “Ta’vilot al-Qur’on” asari 29-juzi, Mulla Ali Qorining “Sharh al-Fiqh al-akbar”, Burhoniddin Marg‘inoniyning “Hidoya” asarlarining o‘zbek tilidagi ilmiy-izohli tarjimalari taqdim etilmoqda.

Shu bilan bir qatorda, O’zbekiston zaminidan yetishib chiqqan olimlar hayoti va ilmiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan 10 ta xalqchil risola, zamonaviy islomshunoslik masalalariga doir 6 ta kitob, 6 ta aqida matnlari, turli mavzularga oid o‘quv-uslubiy qo‘llanma, kitob va risolalar hamda “Moturidiylik” ilmiy-ma’rifiy jurnalining nishona soni ham namoyish etilmoqda.
 

Shuningdek, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi Manbalar xazinasi ilmiy xodimi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Lobar Asrorovaning “Tariqatning yetti piri”, “Buxoroni sharif etgan zot Sayfuddin Boxarziy”, “Abu Hafs Kabir Buxoriy” rus va o‘zbek tillarida, “Buxoro madrasalari tarixidan”, “Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy va Miri Xurd Vobkandiy” kabi kitob va risolalari ham taqdimotdan joy olgan.

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry