24.11.2021
334

Diniy bag‘rikenglik xalq diplomatiyasining poydevori

16 noyabr - Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan O’zbekistondagi Shanxay hamkorlik tashkilotining xalq diplomatiyasi markazi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlikda “Diniy bag‘rikenglik xalq diplomatiyasining poydevori” mavzusida ilmiy amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminar ishtirokchilari tomonidan mutafakkir ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosi, ularning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan bebaho hissasi, xususan, dinlararo hamjihatlikni mustahkamlashda xalq diplomatiyasi mexanizmlaridan keng foydalanish, O’zbekistonda turli diniy konfessiyalar vakillari o‘rtasida hamjihatlikni asrab-avaylash, jamiyatda birdamlik va dinlararo totuvlikni saqlash yo‘lida olib  borilayotgan islohotlar, yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash va bu boradagi ta’lim va ma’rifatning mohiyati, hozirgi zamon tendensiyalari va istiqbollari kabi dolzarb mavzular yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. 

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O’zbekiston musulmonlari idorasi, O’zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Rus pravoslav cherkovining Toshkentdagi yeparxiyasi, Rim katolik cherkovi vakillari, O’zbekiston Respubliksi Ichki ishlar vazirligi, O’zbekiston Respubliksi Fanlar akademiyasi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari,   O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, sohaga oid ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar, mutaxassislar ishtirok etdilar.

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry