22.11.2021
383

Rabot shahriga Islom madaniyati poytaxti maqomi berildi

Islom hamkorlik tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Xalqaro islom tashkiloti – ISESCO bosh direktori doktor Salim bin Muhammad al-Malik va Marokash Qirolligidagi Yoshlar, madaniyat va kommunikasiya ishlari vaziri Muhammad al-Mahdi Binsaid ISESCO ning islom dunyosi madaniy poytaxtlari dasturi doirasida 2022 yili arab mintaqasidan Marokash poytaxti Rabot shahriga islom madaniy poytaxti maqomi berilgani munosabati bilan kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida suhbat olib bordi.

Vazirlikning Rabotdagi qarorgohida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda 2022 yilda ushbu munosabat bilan tantanali xalqaro anjumanni tashkillashtirish masalalari bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

Mazkur anjumanga hozirlik ko‘rish maqsadida shu yil 22 noyabrida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda Marokash hukumatidagi barcha vazirlik sektorlari vakillari va Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Xalqaro islom tashkiloti – ISESCO vakillari qatnashadi.

Uchrashuvda Marokash Qirolligidagi madaniyat vazirligi tomonidan eng yirik madaniy tadbirlardan biri hisoblangan kitob va nashr ishlariga oid xalqaro ko‘rgazmani Rabot shahrida o‘tkazish taklifi muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar ISESCO xalqaro islom tashkiloti tomoni bilan Marokash Qirolligi Yoshlar, madaniyat va kommunikasiyalar vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan madaniyat va merosga oid qator loyihalar, xalqaro tashkilot va vazirlik hamkorligida bir necha madaniy tadbirlarni o‘tkazish masalalari to‘g‘risida ham kelishib olindi.

Qo‘shimcha malumot

БМТ динлараро бағрикенглик резолюциясини қабул қилди. Ўзбекистон унинг ҳаммуаллифларидан бири бўлди
Резолюцияда Қуръонни таҳқирлаш ҳолатлари, диний камситиш, нафрат ва зўравонлик ҳолатлари кўпайгани қораланди.25 июль куни БМТ Бош Ассамблеяси 77-сессиясининг ялпи мажлисида...
BMT dinlararo bag‘rikenglik rezolyusiyasini qabul qildi. O‘zbekiston uning hammualliflaridan biri bo‘ldi
Rezolyusiyada Qur’onni tahqirlash holatlari, diniy kamsitish, nafrat va zo‘ravonlik holatlari ko‘paygani qoralandi.25 iyul kuni BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasining yalpi majlisida...
O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry