19.11.2021
269

Islom Hamkorlik Tashkilotida yangi rahbar ish boshladi

Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toho kecha, 2021 yil 17 noyabr chorshanba kuni o‘z lavozimiga kirishdi, deb xabar tarqatdi www.arabnews.com sayti.
2020 yilning noyabr oyida Niger poytaxti Niamey shahrida IHT ga a’zo davlatlarning Tashqi ishlar vazirlari kengashining 47-sessiyasi bo‘lib o‘tgan, unda tashkilotga yangi rahbar etib Husayn Ibrohim Toho saylangan edi.
Toho o‘z mamlakatida tashqi ishlar, Afrika integrasiyasi va xalqaro hamkorlik vaziri, Niger prezidentining diplomatik maslahatchisi, muxtor vazir hamda Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, Gresiya va boshqa mamlakatlarda elchi bo‘lib ishlagan.
Fransuz, arab va ingliz tillarini biladigan IHTning yangi rahbari Chad milliy ordeni, Fransiyaning Faxriy legioni milliy ordeni va faxriy elchi unvonlari bilan taqdirlangan.
Eslatib o‘tamiz, IHT rahbarining vakolat muddati besh yil.

Qo‘shimcha malumot

БМТ динлараро бағрикенглик резолюциясини қабул қилди. Ўзбекистон унинг ҳаммуаллифларидан бири бўлди
Резолюцияда Қуръонни таҳқирлаш ҳолатлари, диний камситиш, нафрат ва зўравонлик ҳолатлари кўпайгани қораланди.25 июль куни БМТ Бош Ассамблеяси 77-сессиясининг ялпи мажлисида...
BMT dinlararo bag‘rikenglik rezolyusiyasini qabul qildi. O‘zbekiston uning hammualliflaridan biri bo‘ldi
Rezolyusiyada Qur’onni tahqirlash holatlari, diniy kamsitish, nafrat va zo‘ravonlik holatlari ko‘paygani qoralandi.25 iyul kuni BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasining yalpi majlisida...
O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry