18.11.2021
371

DOLZARB_MAVZU

وَلَقَدْ خَلَقْنَا السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا فِي سِتَّةِ أَيَّامٍ وَمَا مَسَّنَا مِنْ لُغُوبٍ.

Albatta, osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni olti kunda yaratdik. Va Bizni charchoq tutmadi. “Qof” surasi, 38-oyat

Oyatda kelgan “Va Bizni charchoq tutmadi” jumlasi “holdan toyish”, “horg‘inlik” va “zahmat” kabi ma’nolarni anglatadi. Ushbu oyatda yahudiylarning so‘zlariga ochiq raddiya, mushabbiha firqasining “so‘ngra Arsh uzra “mustaviy” bo‘ldi” (A’rof surasi, 54-oyat) oyati xususidagi noto‘g‘ri qarashlarini inkor qilish hamda Alloh taoloning “so‘ngra Arsh uzra “mustaviy” bo‘ldi” oyati orqali iroda qilingan narsaning bayoni mavjud.

Yahudiylarning da’vosiga to‘xtaladigan bo‘lsak, ular: “Alloh taolo osmonlar va yerni olti kunda yaratdi, so‘ngra shanba kuni dam oldi”, – deb aytadilar. Shu sababli ular shanba kuni hech qanday ish qilmaydilar. Vaholanki, Alloh azza va jalla (tafsir qilinayotgan oyatda) zikr qilingan narsalarni yaratishda yahudiylar da’vo qilayotganlaridek, O’ziga hech qanday zahmat va charchoq yetmasligini bayon qilmoqda. Bu esa yahudiylarning ushbu da’volariga ochiq-oydin raddiya bo‘ladi.

Mushabbiha firqasining noto‘g‘ri qarashiga keladigan bo‘lsak, ular Alloh taoloning “so‘ngra Arsh uzra “mustaviy” bo‘ldi” oyatidagi hodisa Alloh taolo osmonlar va yer hamda ularning o‘rtasidagi narsalarni olti kunda yaratganidan keyin sodir bo‘lgan, deb o‘ylaydilar. Boshqa oyatda bu dam olish uchun bo‘lgan, deb o‘ylaydilar. Bu bilan ular Alloh taoloni maxluqlarga o‘xshatadilar. Chunki maxluqlar bir ishni bajarib bo‘lganlaridan so‘ng dam olish maqsadida biror narsaning ustiga o‘tiradilar. Mushabbiha firqasi vakillari Arshga ko‘tarilishni haqiqat deb biladilar. Alloh taolo esa O’zining osmonlar va yerni yaratganda hech qanday zahmat chekmaganini bayon qilmoqda. Demak, Alloh taoloning Arshga “istivo” qilishi rohat, ya’ni dam olish maqsadida bo‘lmaganki, undan voqelikda insonlarda bo‘lganidek, “istiqror” (qaror topish) iroda qilinsa! (Ya’ni, bandalar charchab, biror narsaning ustiga o‘tirganlaridek, Alloh taolo ham osmonlar va yerni yaratib bo‘lgach, Arshning ustiga o‘tirdi, deyish o‘taketgan axmoqlik bo‘ladi).

Alloh taolo O’zining mushabbihalar o‘ylagan narsalar hamda maxluqlarga o‘xshatilishdan oliy va pok ekanini bayon qilmoqda. Arshga “istivo” qilishning osmonlar va yerning yaratilishidan keyin zikr qilinishi “istivo”dan ko‘zda tutilgan maqsad “yakunlash” ekanini ko‘rsatadi. Ya’ni, Alloh taoloning mulki osmonlar, yer hamda ularning o‘rtasidagi narsalar yaratilganidan keyin Arshni yaratish bilan tugal va mukammal bo‘ldi. Demak, “istivo” so‘zi orqali yakunlash va tugallik ko‘zda tutilgan. Vallohu a’lam!               

 

 

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry