17.11.2021
374

Sirojiddin G‘aznaviy

Abu Hafs Sirojuddin Umar ibn Ishoq ibn Ahmad al-G‘aznaviy ash-Shibliy

vaf.773/1372

Tahminan 704/1304 yillarda G‘aznada tug‘ilgan. Sirojul Hindiy laqabi bilan tanilgan. Ilk tahsilini o‘z mamlakati va Turkiston shaharlarida olgan. Vajihuddin Dehlaviy, Shamsuddin Xatib Duliy, Sirojiddin Saqafiy va Rukniddin Badavuniy kabi olimlardan fiqh ilmini o‘rgangan. Keyinchalik haj safariga yo‘l olib, Makkada Shayx Hizrdan Shihobiddin Suhravardiyning “Avoriful maorif” asari asosida tasavvufiy ta’lim olgan. 740/1339 yilda avval ham tashrif buyurgani Qohira shahriga borib, Alovuddin ibn Turkmaniy, Mahmud ibn Abdurahmon Isfahoniy va Ahmad ibn Mansur Javhariy kabi olimlar ilmidan bahramand bo‘lgan.

Yuksak zakovati, ravon bayoni va o‘z asarlari bilan davlat kishilarining e’tiboriga tushgan G‘aznaviy Misr qoziyul-quzoti Jamoliddin Turkmaniyga noib etib tayinlangan. Keyinroq Misr qozi-askarligiga tayinlangan G‘aznaviy 769/1368 yilda Jamoliddin Turkmaniy vafot etgach, qoziyul-quzot lavozimini egallagan. Umrining oxiriga qadar mazkur mansabda qolgan olim Zayniddin Bistomiyning vafoti sabab Ibn Tulun masjidida tafsir darslari ham o‘qigan. G‘aznaviy 773/1372 yilda Qohirada vafot etgan.

Asarlari. 1. «al-G‘urrotul munifa fi tahqiqi ba’zi masoilil-Imom Abi Hanifa». (Qohira: 1950; Bayrut: 1986). Muallif hanafiy mazhabini tarjih etishining sabablarini bayon qilgan ushbu asarida Fahriddin Roziyning hanafiylarni tanqid qilgan “al-Burhon al-bahoiyya” nomli forscha asarini arabchaga tarjima qilib, uni tanqid qilgan. 2. «Sharhul aqidatut-Tahoviya» (Qozon: 1311). 3. «At-Tavshih». Burhonuddin Marg‘inoniy qalamiga mansub “Hidoya” asarining sharhi bo‘lib, jadal metodida yozilgan. 4. «Fatovo». Muallifning fatvolarni bir joyga jamlagan kitobi. 5. «Zubdatul ahkom fi ixtilafil mazahibil aimmatil arba’atil a’lam». Mazhablar o‘rtasidagi farqlarni ko‘rsatib beruvchi qiyosiy huquqshunoslikka oid asar. Ibrohim Ahmad ibn Sulaymon Umar 1983 yilda Imom Muhammad ibn Suud universitetida ushbu asar bo‘yicha magistrlk dissertatsiyasi e’lon qilgan. 6. «Sharhul Mug‘niy». Habboziy qalamiga mansub “al-Mug‘niy” asarining sharhi. Makkadagi Ummul Quro universitetida asarning 1-jildi Sataryo Afandi Zayn tomonidan (1986 y), 2-jildi esa Muhammad Ahmad Kuliy tarafidan (1987 y) doktorlik ishi sifatida nashrga tayyorlangan. 7. «Koshifu ma’onil Badi’». Muzaffaruddin Ibn Soatning usulul fiqhga doir “Badi’ an-nizom” asarining 4 jildlik sharhi. 8. «Lavoihul-anvor fir-radd ‘ala man ankara ‘alal-’arifin latoifal asror». Avliyolarning karomatlarini isbotlash uchun qalamga olingan asar. 9. «Muxtasar at-talhis». Muhammad ibn Hasan Shayboniyning “al-Jome’ al-kabir”iga Muhammad ibn Abbod Hilotiy tomonidan yozilgan “Talhis” asariga Ali ibn Balabon Forisiy hozirlagan sharhning muxtasaridir.

Manbalarda G‘aznaviyga nisbat berilgan yana bir qator asarlarning nomi ham uchraydi.

(Turkiya Diyonat Vaqfi ensiklopediyasi asosida tayyorlandi)

Qo‘shimcha malumot

Xabboziy
Abu Muhammad Jaloliddin Umar ibn Muhammad al-Xo‘jandiy al-Xabboziy(vaf. 691/1292)Xabboziy 629/1232 yilda Movarounnahr shaharlaridan biri bo‘lgan Xo‘jandda tug‘ilgan. O‘z yurtida ta’lim...
Jamoliddin G‘aznaviy
Jamoliddin Ahmad ibn Muhammad ibn Mahmud G‘aznaviyVaf. 593/1197Jamoliddin G‘aznaviyning hayoti haqida ko‘p ma’lumot saqlanib qolmagan. Mashhur hanafiy faqihi Alovuddin Kosoniy...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry