-large.jpg)
Jamoliddin G‘aznaviy
Jamoliddin Ahmad ibn Muhammad ibn Mahmud G‘aznaviy
Vaf. 593/1197
Jamoliddin G‘aznaviyning hayoti haqida ko‘p ma’lumot saqlanib qolmagan. Mashhur hanafiy faqihi Alovuddin Kosoniy va Ahmad ibn Yusuf Alaviy Husayniylardan fiqh ilmini o‘rgangani ma’lum. Olim o‘z davrida fiqh va usulul-fiqh bobida hanafiylarning yetakchi olimlaridan sanalgan. G‘aznaviy 593/1197 yilda Halab shahrida vafot etgan.
Asarlari. 1. «al-Muqaddimatul G‘aznaviyya fil furu’il hanafiyya». Ibodatlarga doir sakkiz bobdan tarkib topgan kitobning Sulaymoniya kutubxonasida 30 ga yaqin nusxasi saqlanadi. Asarga Ibn Ziyo nomi bilan tanilgan Abul Baqo Muhammad ibn Ahmad Qurashiy “az-Ziyo al-ma’naviyya ‘alal muqaddimatil G‘aznaviyya”, Ahmad ibn Hasan Kafaviy “Fathul azizil g‘aniy fi sharhi muqaddimatil G‘aznaviy” va Abu Bakr Sayfulhaq ibn Muslihuddin Bosnaviy at-Travnikiy “Nurun nabaviy” nomli sharhlar yozishgan. 2. «al-Hovil Qudsiy». Quddusda yozilgani uchun “qudsiy” nomi berilgan asar fiqhga oid bo‘lib, uch bo‘limdan tashkil topgan. Birinchi bo‘limda aqida va kalom, ikkinchi bo‘limda usulul fiqhga doir ba’zi ma’lumotlar berilgan. Anchagina qisqa bo‘lgan ushbu ikki bo‘limdan keyin uchinchi bo‘limda umumiy fiqh kitoblariga xos uslubda masalalar yoritilgan. Asarning Sulaymoniya kutubxonasida turli nusxalari mavjud (Asad Afandi, № 660; Raisulkuttob Mustafo Afandi, № 424, 425; Shahid Ali Posho, № 1017; Yangi Jome’, № 408). 3. «Aqoidul G‘aznaviy». Ushbu asarning bir nusxasi Sulaymoniya kutubxonasida Abu Hanifa, Abu Ja’far Tahoviy va Abu Hafs Nasafiylarning aqoid risolalari joylashgan majmu’aning ichida kelgan (Bag‘dodli Vahbi Afandi, № 2028/3). 4. «Ahadisul ahkam». 5. «Ravzatul mutakallimin fi usulid-din». Mazkur asar G‘aznaviyning aqida ilmiga oid muhim kitobi hisoblanadi. Asar “Usulud-din” nomi bilan 1998 yilda Bayrutda nashr etilgan. 6. «al-Muntaqo min ravzatil mutakallimin». Mazkur asar “Ravzatul mutakallimin fi usulid-din” nomli asarining muxtasari hisoblananadi.
Shuningdek, manbalarda G‘aznaviyning qiyosiy huquqqa doir “ar-Ravza fi ixtilafil ulamo” va usulul fiqh bo‘yicha “Kitob fi usulil fiqh” nomli asarlari ham borligi aytiladi.
(Turkiya Diyonat Vaqfi ensiklopediyasi asosida tayyorlandi)
Qo‘shimcha malumot
-middle.jpg)
-middle.jpg)
Izohlar