16.11.2021
227

Dr. Faysal Hafayon

Doktor Faysal Hafayon matnlarni amaliy va nazariy jihatdan tahqiq qilish, qo‘lyozmalar kodikologiyasi va arab tili tadqiqotlari bo‘yicha mutaxassis olimlardan sanaladi.
Faysal Hafayon 1959 yilda Suriyaning Hims shahrida dunyoga kelgan. 1978 yilda al-Azhar universitetining Arab tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan. 1988 yilda “Yetti qiroatni asoslash dalili” nomli dissertasiyasi bilan mazkur fakultetda magistr darajasini olgan. 1999 yilda ayni fakultetda Tillar bo‘yicha doktorlik unvonini qo‘lga kiritgan.
Faysal Hafayon ko‘plab konferensiya va simpoziumlarda faol qatnashib kelmoqda. Olimning bir qator kitob, maqola, fehrist va ilmiy ishlari nashr qilingan.
Faysal Hafayon Arab qo‘lyozmalari instituti direktori, Arab tadqiqotlari markazi direktori lavozimlarida ishlab kelmoqda. U Liviya poytaxti Tripolidagi Arab tili jamiyati, Damashqdagi Arab tili jamiyati, Iskandariyadagi Qo‘lyozmalar markazi boshqaruv majlisi, Islom qo‘lyozmalari hay’ati (TIMA) a’zosi sanaladi.

Qo‘shimcha malumot

O’zbekistondagi diniy ma’rifiy ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi o‘rtasida aloqalar yanada rivojlantiriladi
Xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat...
Al-Azharda Imom Moturidiy merosi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tanlov g‘oliblari taqdirlandi
2023 yil 12 mart kuni Misr Arab Respublikasining al-Azhar anjumanlar saroyida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Moturidiy merosi...
Shayx Muhammad ad-Duvayniy: “Soʻnggi yillarda Misr va Oʻzbekiston aloqalari tobora rivojlanib bormoqda”
Misr Arab Respublikasida yurtimiz delegatsiyasi vakillari “Al-Azhar” majmuasi rahbarining oʻrinbosari, shayx Muhammad ad-Duvayniy bilan uchrashishdi.Mazkur muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi,...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry